13.01.2025 yildagi 292-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 2025-yilda “hukumat soati”ni oʻtkazish jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 332-moddasiga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 101-moddaciga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 2025-yilda “hukumat soati”ni oʻtkazish jadvali Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga navbatdagi oyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “hukumat soati”ga taklif etiladigan hukumat aʼzolariga beriladigan savollarni har oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimiga umumlashtirish uchun taqdim etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi (J. Jumayev) siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan taqdim etiladigan savollarni umumlashtirgan holda har oyning 25 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi muhokamasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni (M. Istamov) 2025-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan har bir “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq zarur choralarni koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati 2025-yilda oʻtkaziladigan “hukumat soati” tadbirlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292-V-son