Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-92-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-92-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 17-mayda kiritilgan “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-92-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-may,
900-V-son