Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining “Taraqqiyot bloki”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi bayonoti haqida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
3. “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-74-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
4. QL-59 va QL-74-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-83-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatovga “BMTning “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”da Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovga “Aholi orasida onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-may,
846-V-son