Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-74-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 22-aprelda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-74-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-may,
842-V-son