Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash va uning davomiyligini soddalashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-88-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash va uning davomiyligini soddalashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-88-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 13-mayda kiritilgan “Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash va uning davomiyligini soddalashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-88-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-may,
894-V-son