Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRIShNI VA SAMARQAND KIMYo ZAVODINI REKONSTRUKSIYA QILIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qizilqum fosforit konlarining mineral-xomashyo bazasi asosida qishloq xoʻjaligining fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish hamda respublika kimyo sanoati korxonalarining quvvatlarini yanada samarali ishlatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks oʻzlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qaroriga muvofiq “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tomonidan:
Qizilqum fosforit konlarini oʻzlashtirishning yillik ishlab chiqarish hajmi 400 ming tonna yuvilmagan kuydirilgan fosforit konsentrati (27% R205) va 300 ming tonna boyitilmagan fosfor kukuni (16—17% R205) boʻlgan birinchi navbati (I bosqich) amalga oshirilganligi;
Samarqand kimyo zavodi va Olmaliq “Ammofos” ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun har oyda 30 ming tonnagacha kuydirilgan yuvilmagan fosforit konsentrati (27% R205), shuningdek “Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun 14 ming tonnagacha boyitilmagan fosfor kukuni (16—17% R205) ishlab chiqarish va yetkazib berish taʼminlanganligi;
700 ming tonna yuvilgan fosforit konsentrati, shundan 430 ming tonnasi yuvilgan kuydirilgan konsentrat (28% R205), 200 ming tonnasi yuvilgan konsentrat (18—19% R205) va 70 ming tonnasi yuvilgan quritilgan konsentrat (25% R205) ishlab chiqarish hajmiga ega boʻlgan Qizilqum fosforit kompleksining birinchi navbatini (II bosqich) kengaytirish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Qizilqum fosforit kompleksi quvvatlarini bosqichma-bosqich oʻzlashtirishni jadallashtirish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq takliflari maʼqullansin.
* 1-ilova berilmaydi.
3. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni:
boyitishning kombinatsiyalashtirilgan (yuvish, kuydirish) sxemasi boʻyicha Qizilqum fosforit kompleksi ikkinchi navbati (I bosqich) loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini olti oy muddatda qayta ishlasin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda 2006-yilga borib kamida 1500 ming tonna fosforit konsentrati (tarkibida 28% R205 mavjud boʻlgan 1300 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati va tarkibida 18—19% R205 mavjud boʻlgan 200 ming tonna yuvilgan quritilgan fosforit konsentrati) va tarkibida 18—19% R205 mavjud boʻlgan 200 ming tonna mayda fraksiyali yuvilgan fosfor kukuni ishlab chiqarish taʼminlanishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Samarqand kimyo zavodini 2-ilovaga* muvofiq I bosqichda (2003-2004-yillar) fosforli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishning loyihadagi quvvatini va texnologik liniyalarini tiklagan holda mavjud sulfat kislota sexini rekonstruksiya qilishni, II bosqichda esa (2003—2005-yillar) bir yilda 70 ming tonna superfosfat ishlab chiqarilishini taʼminlash (100% R205) nazarda tutgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
* 2-ilova berilmaydi.
5. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi olti oy muddatda vakolatli ekspertiza organlari bilan birgalikda va “Mitsui” kompaniyasi ishtirokida Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishning I va II bosqichlari loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining qayta ishlangan variantini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Quyidagilar:
“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari — Qizilqum fosforit kompleksi ikkinchi navbati, shuningdek Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilish I va II bosqichlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni;
Keyingi tahrirga qarang.
eksport moliyalashtirishni sugʻurta qilish vositasida xorijiy banklarning Hukumat kafolati ostida tender asosida jalb etiladigan kredit resurslari — Qizilqum fosforit kompleksining ikkinchi navbati, Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishning I va II bosqichlari loyihalarini amalga oshirishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilish va korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlarni taʼminlash maqsadida:
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-martdagi 124-son qarori bilan berilgan kreditlarni qaytarish, shu jumladan ular boʻyicha foizlarni hisoblab yozish muddati, qaytarishni 2007-yil 1-yanvardan boshlagan holda, uzaytirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Samarqand kimyo zavodining budjetga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va ular boʻyicha hisoblab yozilgan penyalar boʻyicha qarzlarini hisobdan chiqarish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
8. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qizilqum fosforit kompleksi quvvatlari ishga tushirilgunga qadar Olmaliq “Ammofos” ochiq aksiyadorlik jamiyatini va “Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini, jalb etiladigan xorijiy investorlarning investitsiya majburiyatlarini hisobga olgan holda, 3 va 4-ilovalarga* muvofiq rekonstruksiya qilishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
*3 va 4 ilovalar berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qizilqum fosforit kompleksining ikkinchi navbatini qurish loyihasini, shuningdek Olmaliq “Ammofos” ochiq aksiyadorlik jamiyatini va “Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini rekonstruksiya qilish loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi va keyingi yillar investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni 2006-yildan boshlab, xlor miqdorining standartlarda yoʻl qoʻyiladigan doirada boʻlishini taʼminlagan holda, fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga har yili quyidagi hajmlarda fosforit xomashyosi yetkazib berilishini taʼminlasin:
Samarqand kimyo zavodiga — 200 ming tonna yuvilgan quritilgan fosforit konsentrati (18—19% R205), 200 ming tonna fosforit kukuni (18—19% R205) va 100 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati (28% R205);
Olmaliq “Ammofos” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga — 1050 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati (28% R205);
“Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga — 150 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati (28% R205).
Keyingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-maydagi 244-f-son farmoyishi;
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks oʻzlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qarorining 5, 7 va 8-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 13-mart,
135-son