29.05.2025 yildagi SQ-134-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) raisining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, Senat tomonidan 2024-yilning IV choragi va 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning ish samaradorligini oshirish, faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalarini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida aniq taqsimlashga, takrorlanuvchi vazifalarni bekor qilishga, mahalliy budjetlarni shakllantirishda deputatlarning faol ishtirokini taʼminlashga, mahalliy Kengashlarning oʻzaro va xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyishga uslubiy koʻmaklashish maqsadida 20 dan ortiq normativ hujjatlar tayyorlanib, amaliyotga tatbiq etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uslubiyoti tasdiqlangan, Kengash soʻrovi, Kengash tekshiruvi institutlarining huquqiy asoslari mustahkamlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etish mezonlari ishlab chiqilib, joylarga yetkazib berilgan hamda mazkur mezonlar asosida ishni samarali tashkil etishga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan mahalliy vakillik organlari faoliyatini samarali tashkil qilishga koʻmaklashish maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihalari ishlab chiqilib, oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va Kengash raislari farmoyishlarining qonunchilikka mosligi boʻyicha kunlik monitoring yuritilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida mahalliy Kengashlarning 17,9 mingga yaqin qarorlarining qonuniyligi oʻrganilib, 564 ta qaror yoxud ularning ayrim bandlari qonunchilik talablariga moslashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining bilim va malakasini oshirish maqsadida 2024-yilning dekabr oyida offlayn va onlayn shaklda oʻquvlar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Senat qoʻmitalari va Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan mahalliy Kengash deputatlarining soha boʻyicha qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar yuzasidan bilim va koʻnikmalarini oshirib borish maqsadida 30 dan ortiq oʻquvlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy vakillik organlari deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun “Mahalliy Kengash deputatlari uchun amaliy qoʻllanma” tayyorlanib, 6 ming nusxada nashr etilgan hamda yetkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashlarning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash va tajriba almashish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Bunda mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining boshqa hududlardagi mahalliy vakillik organlari faoliyatidagi ijobiy yutuqlar bilan joyiga tashrif buyurgan holda tanishish imkoniyati yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitalari hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislarining Senat qoʻmitalarida, mahalliy Kengash kotibiyati xodimlarining Markazda amaliyot oʻtash tartibi joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatiga “E-Kengash” elektron platformasi toʻliq tatbiq etilgan, ushbu platforma “OneID”, “E-imzo”, “edo.ijro.uz”, “e-qaror.gov.uz”, “lex.uz”, “regulation.gov.uz”, “hrm.argos.gov.uz”, “etirof.kadastr.uz” tizimlariga integratsiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Senat tomonidan olib borilayotgan oʻrganishlar davomida mahalliy Kengashlar faoliyatida ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi ham kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, hisobot davrida mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlarning 138 tasi yoxud ularning ayrim bandlarida qonunchilikka toʻliq rioya qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashlar tomonidan hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini nazorat qilishda, mahallalardagi muammolarni hal etishda ayrim deputatlarda faollik yetishmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning I choragi davomida oʻz saylov okrugidagi mahalliy Kengash deputatlari tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlariga kiritilgan 19 mingga yaqin obyekt va loyihalarning uchdan bir qismi oʻrganilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yuborilgan deputat soʻrovlaridan 118 tasiga belgilangan muddatdan kechikib javob berilgan boʻlsa, 62 tasiga umuman javob berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida sessiyalarni OAV, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali yoritib borish ishlariga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi A. Tuychiyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (A. Tuychiyev), Senat devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi (Q. Muqumov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashlarning nazorat hamda norma ijodkorligi boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularga amaliy-uslubiy jihatdan yordam koʻrsatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining Akademiyada oʻqitilishini yoʻlga qoʻyish maqsadida alohida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashlar tomonidan taqdim etilgan respublika darajasida hal etiladigan muammoli masalalarni Senatning tegishli qoʻmitalari bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrish, zarur hollarda Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mahalliy Kengashlarning xorijiy davlatlar hududiy vakillik organlari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyishning huquqiy asosini yaratish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilning 1-iyunidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yangi qabul qilingan xodimlarning Senatda amaliyot oʻtashlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda joriy yilning iyul-avgust oylarida faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilgan mahalliy Kengashlarda hududdagi boshqa tuman, shahar Kengashlari deputatlari uchun oʻtkaziladigan seminarlarning namunaviy dasturini ishlab chiqish va joylarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur seminarlarning puxta tayyorgarlik asosida oʻtkazilishida mahalliy Kengashlarga har tomonlama amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda axborotda keltirilgan mahalliy Kengashlar faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni chuqur tahlil qilgan holda, ularni bartaraf etish, qayta takrorlanishining oldini olish boʻyicha aniq choralarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlari va Kengash raisi farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqishda qonunchilikka qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha mahalliy Kengash kotibiyati mudiri va xodimlarining masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash deputatlarining mahallalardagi muammolarni doimiy oʻrganishini hamda natijalari har oyda tegishli doimiy komissiyalar majlislarida, mahalliy Kengash sessiyalarida muhokama qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, bunda deputat soʻrovi, Kengash soʻrovi institutlaridan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda, doimiy komissiyalar majlislari va mahalliy Kengash sessiyalari muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashda Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert guruhi aʼzolari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda mahalliy Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan tegishli doimiy komissiyalar bilan hamkorlikda bir oyda bitta yoʻnalishda korrupsiyaviy omillarni aniqlash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish jadvalini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur jadval asosida joylarda oʻrganishlar oʻtkazish hamda har oyda oʻrganish natijalarini mahalliy Kengashlar sessiyasida muhokama qilish, unda mutasaddilar faoliyatiga tegishli baho berib borish, zarur hollarda ularni lavozimdan ozod qilishgacha boʻlgan takliflarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan oʻrganishlar va muhokamalar natijalari asosida mavjud korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda korrupsiyaning oldini olish, unga nisbatan murosasiz muhit yaratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini qatʼiy nazoratga olish hamda natijalarini har chorakda kamida bir marotaba mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash sessiyalarida tegishli davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobot va axborotlarini eshitishda masalalarning hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida chuqur tahlil qilinishiga, bunda tegishli hududda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarga kompleks yondashilishiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish borasidagi ishlarni oʻz vaqtida yakunlash hamda ularning tajribasini 2025-yil yakuniga qadar barcha tuman (shahar)larda joriy etish boʻyicha aniq rejalarni belgilash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muayyan sohalar va hududlarni rivojlantirish borasida, xususan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini doimiy nazorat qilish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatida elektron axborot almashinuvini taʼminlash maqsadida edo.ijro.uz — Ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga ulanish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda mahalliy Kengash sessiyalarining doimiy ravishda yoritib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy Majlis Senati qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan kelib tushgan qonunlar muhokamasiga, joylarda amalga oshiriladigan nazorat-tahlil tadbirlariga mahalliy Kengash deputatlarini faol jalb qilishni, ular uchun qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar boʻyicha oʻquvlar tashkil qilib borishni izchil ravishda davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marotaba bitta hududda Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazib, natijalari Qoʻmita hamda tegishli mahalliy Kengashning qoʻshma majlislarida muhokama qilib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari Hukumat tomonidan belgilangan minimal talablar asosida mahalliy Kengashlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, belgilangan meʼyorlarga muvofiq bino va jihozlar bilan taʼminlanishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-134-V-son