16.04.2025 yildagi KQ-156-V-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-340-IV-sonli Qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targʻib qilish va jamoatchilikka yetkazish, tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarni joriy etish, gender tenglikni taʼminlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, jamiyat rivoji yoʻlida tashabbus koʻrsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, tegishli yoʻnalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan tashkilotlar saʼy-harakatlarini eʼtirof etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq, “Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-340-IV-sonli Qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-156-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qaroriga
1-ILOVA

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tanlov tashkilotchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ularning hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari, hokimliklar, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalari (keyingi oʻrinlarda tanlov ishtirokchilari deb yuritiladi) oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlovga Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tanlovning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish va xabardorlikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga hissa qoʻshgan tashkilotlarni aniqlash va ragʻbatlantirish, ularning yutuqlarini eʼtirof etish hamda ilgʻor tajribasini ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va erkaklar uchun davlat hamda jamiyat hayotining turli sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar taʼminlanishiga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlov komissiyalari va ularning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov ishtirokchilarining hujjatlarini koʻrib chiqish, baholash va gʻoliblarni aniqlash maqsadida Respublika, hududiy va tuman (shahar) tanlov komissiyalari (keyingi oʻrinlarda tanlov komissiyalari deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika tanlov komissiyasi tarkibi Senat Kengashi tomonidan, hududiy va tuman (shahar) tanlov komissiyalari tarkibi Ishchi organning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyalari tarkibi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularning hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari, jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlov komissiyalarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning adolatli, xolis va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov mezonlariga muvofiq tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra tanlov ishtirokchilarining faoliyatini joyiga chiqib oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov bilan bogʻliq shikoyat va murojaatlarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga doir targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlov komissiyalarining qarorlari ularning yigʻilish bayonlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tanlovni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlov har yili iyul — sentabr oylarida quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — iyul oyida tuman va shaharlar miqyosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — avgust oyida birinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich — sentabr oyida ikkinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida respublika miqyosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) tashkiloti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika tashkiloti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hokimlik”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishda eng faol ommaviy axborot vositalari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika tashkiloti” nominatsiyasi boʻyicha tanlov uchinchi bosqichdan boshlab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlov ishtirokchilari nominatsiyalardan kelib chiqqan holda tanlovda qatnashadi va ular ushbu Nizomning 1 — 5-ilovalaridagi baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tanlov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlov tashkilotchilari tanlov oʻtkazilishi haqida ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov ishtirokchilari tanlovda qatnashish uchun tegishli tanlov komissiyalari nomiga ushbu Nizomning 1 — 5-ilovalaridagi baholash mezonlari boʻyicha materiallarni ilova qilgan holda maxsus elektron manzil orqali ariza taqdim etadi. Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza taqdim etgan barcha tanlov ishtirokchilari haqidagi materiallar Ishchi organ va uning hududiy, tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan umumlashtirilib, tanlov komissiyalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov tashkilotchilari taqdim etilgan materiallarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlovda ishtirok uchun taqdim etilgan materiallar qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Har bir nominatsiya boʻyicha bittadan gʻolib aniqlanadi. Agar tanlov ishtirokchilarining natijalari teng boʻlgan taqdirda bir nechta tanlov ishtirokchilari nominatsiya gʻolibi deb eʼtirof etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Baholash mezonlariga muvofiq nomzodlar aniqlanmagan taqdirda tegishli nominatsiya boʻyicha gʻoliblar belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlov gʻoliblari tegishli nominatsiya boʻyicha diplom, statuetka hamda sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlov gʻoliblariga taqdim etiladigan sovgʻalarning miqdori Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tanlovni moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlari gʻoliblarini mahalliy budjetning qoʻshimcha manbasi mablagʻlari va homiylik mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti (shu jumladan respublika budjeti qoʻshimcha manbalari) hisobidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, jismoniy shaxslar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovni tashkil etish va oʻtkazishda homiylik qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan tanlov ishtirokchilari tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida tegishli komissiyalarga apellyatsiya arizasini berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Apellyatsiya arizasi besh ish kunida koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va qaror tanlov ishtirokchisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarori bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) tashkiloti”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot” va “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika tashkiloti” nominatsiyalari boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashkilotda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat-kengash faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi va faoliyatining natijadorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotda gender tenglik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va loyihalarning ijtimoiy ahamiyati hamda oʻziga xosligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishga qabul qilishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi.

4. Xotin-qizlar va erkaklarning sogʻligʻini saqlashni taʼminlaydigan, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilot rasmiy veb-saytida gender tenglik sahifasining mavjudligi va materiallar bilan yangilab borilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilot tomonidan gender tenglik boʻyicha oʻtkazilgan mahalliy va xalqaro tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilotda gender tenglik bilan bogʻliq statistik maʼlumotlar va infografikalarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xodimlar kasbiy mahoratlarini oshirib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilotning oʻz yoʻnalishidan kelib chiqib, xotin-qizlar va erkaklarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirgan ishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar va erkaklarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: yuqoridagi mezonlar respublika darajasidagi tashkilotlar uchun qoʻllanilganda tizim tashkilotlaridagi faoliyat ham inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hokimlik” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hokimlik tizimidagi rahbar va xodimlar soniga nisbatan gender tenglik taʼminlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat, tuman va shahar miqyosida rahbarlik lavozimida ishlayotgan xotin-qizlar koʻrsatkichi (foizi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xotin-qizlarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanganligi va ularga moddiy yordam koʻrsatilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xotin-qizlar va erkaklar uchun kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirishda teng imkoniyatlar yaratilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barcha tashkilot va idoralarda ishga kirish va ishdan boʻshatishda gender tenglik bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlarining mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlarini taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish qoidalarining aks ettirilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Gender tenglik boʻyicha aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hokimlik tizimlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat-kengashlar tashkil etilganligi va faoliyatining natijadorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirishga, erkaklar bilan teng ravishda xotin-qizlarning ijtimoiy hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga doir loyiha va chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlar va erkaklar uchun bandlik sohasida teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga, oilalar uchun ijtimoiy xizmatlar tarmogʻini yaratishga koʻmaklashilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi davlat organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtiroki.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy muassasalar va taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini shakllantirishga qaratilgan oʻquv, axborot-maʼrifiy tadbirlarining amalga oshirganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishda davlat organlariga koʻmaklashganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maslahat-kengash faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini va uning samaradorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklarning huquqlarini teng darajada taʼminlaydigan qoidalar aks ettirilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishga qabul qilishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turli lavozimlarda ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Lavozim koʻtarilishida, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilganligi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirishda teng imkoniyatlar yaratilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq toʻlashda tengsizlik mavjud emasligi hamda ular ishining sifatini baholashda teng yondashuv yaratilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oilani ijtimoiy himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bolali ayollar va erkaklar foydalana oladigan amaliyotni joriy etish va rivojlantirish, homilador hamda emizikli onalar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilganlik holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xotin-qizlar va erkaklarning hayot faoliyatini hamda sogʻligʻini saqlashni taʼminlaydigan xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishda eng faol ommaviy axborot vositalari” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gender tenglik, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat siyosati, huquqiy islohotlar, yangilanishlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ommaviy axborot vositalarida yoritilgan materiallarda gender tenglik masalalari turli sohalarda (taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot, huquq va h.k.) koʻtarilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Materiallarda jamiyatda mavjud boʻlgan gender tengsizlik holatlarini tanqidiy tahlil qilish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy tavsiya va yechimlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gender stereotiplarga qarshi kurashish va jinsiga qarab kamsitilishga qarshi turishga qaratilgan kontent mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan materiallarning yoritilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonun chiqaruvchi organ va hukumat vakillari, faollar, ekspertlarning gender masalalari boʻyicha fikr-mulohazalarining yoritilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muayyan maqola, materiallar, koʻrsatuv yoki chiqish natijasida ijtimoiy fikrning shakllanishiga yoki muammolarning hal etilishiga taʼsir darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Gender tenglik mavzusida onlayn soʻrovnomalar oʻtkazilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborotning vizual, multimedia va interaktiv yechimlar bilan boyitilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

Kozixonova Orzigul Muydinovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi

2.

Kadirxanova Malika Akbarovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Nurmatova Mukarram Ahmedovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

Tulyakov Eldor Sobirjonovich

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori

5.

Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi

6.

Rixsiyeva Gulchexra Shovkatovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori

7.

Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna

“Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi aʼzosi

8.

Soatova Shahnoza Mirzaraximovna

“Shahnoza Soatova blogi” asoschisi, jamoatchilik faoli

9.

Urazova Oʻgʻiloy Ashuraliyevna

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-340-IV-sonli Qaroriga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-340-IV-sonli Qarorining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror nomidagi ““Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini” degan soʻzlar ““Yil ayoli” milliy tanlovini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandidagi “, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq, “Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda ““Yil ayoli” milliy tanlovi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandidagi “tanlovlari” soʻzi “tanlov” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2- va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.