Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son hamda “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarorlariga muvofiq, shuningdek axborot infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 16-avgust,
200-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga
2-ILOVA
2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi markaziy apparatining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga
3-ILOVA
2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga
4-ILOVA
2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga
4-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari xodimlarining cheklangan soni
| T/r |
Mintaqalar |
Xodimlarning cheklangan umumiy soni | Boshqaruv xodimlari soni | Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar |
| 1. | Andijon viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 2. | Buxoro viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 3. | Jizzax viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 4. | Qashqadaryo viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 5. | Navoiy viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 6. | Namangan viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 7. | Samarqand viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 8. | Sirdaryo viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 9. | Surxondaryo viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 10. | Toshkent viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 11. | Fargʻona viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 12. | Xorazm viloyati | 8 | 6 | 2 |
| 13. | Toshkent shahri | 8 | 6 | 2 |
| | Jami: | 104 | 78 | 26 |
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga
6-ILOVA
2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar oʻtkazish”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “berish va ularni qaytarib olish toʻgʻrisida” soʻzlari “berish va ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “beradi va ularni qaytarib oladi” soʻzlari “beradi va ularning amal qilishini toʻxtatadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovada:
6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar oʻtkazish”;
toʻrtinchi xatboshidagi “toʻxtatib qoʻyish yoki qaytarib olish” soʻzlari “va ularning amal qilishini toʻxtatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “Pochta va telekommunikatsiyalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etadi hamda tanlovlar oʻtkazadi”;
8-bandning ikkinchi xatboshidagi “berish va ularni qaytarib olish toʻgʻrisida” soʻzlari “berish va ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi, “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston mualliflik huquqi respublika agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 4-ilovada:
1-banddagi “tayyorlash”, “toʻxtatib turish yoki qaytarib olish” soʻzlari tegishli ravishda “shakllantirish”, “va amal qilishini toʻxtatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “tayyorlash”, “toʻxtatib turish yoki qaytarib olish” soʻzlari tegishli ravishda “shakllantirish”, “va amal qilishini toʻxtatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazish va faoliyat turiga litsenziya olish uchun Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya huzuridagi ishchi guruhga davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun tegishli qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxat boʻyicha hujjatlarni beradi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “e” kichik bandining oltinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “e” kichik bandining yettinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 415-modda)
j) 5-ilova 9-bandining oʻn birinchi xatboshidagi “qaytarib olish toʻgʻrisida” soʻzlari “amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 20-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “telekommunikatsiyalar sohasida” soʻzlaridan keyin “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ekspert komissiyasi litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab 20 kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari boʻyicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasini hisobga olgan holda ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi ekspert xulosasini tayyorlaydi”;
b) 44-bandda:
beshinchi xatboshidagi “tekshiruvlar natijalari” soʻzlaridan keyin “Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari boʻyicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosalari” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, shu jumladan Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari boʻyicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasi asosida bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 57-modda):
a) 14-bandning ikkinchi xatboshi “qaror” soʻzidan keyin “tegishli faoliyat turlari boʻyicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasini hisobga olgan holda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 30-bandning birinchi xatboshi “tartibda” soʻzidan keyin “shuningdek tegishli faoliyat turlari boʻyicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasi asosida” soʻzlari qoʻshilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Asosiy faoliyati davlat televideniye va radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda; 2006-y., 34-35-son, 346-modda; 41-son, 415-modda; 2012-y., 52-son, 589-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)