Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MIKROFIRMALAR VA KIChIK KORXONALARNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 20 IYuNDAGI PF-3620-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
198-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-sonli Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) 7-bandidagi “yagona soliqni” soʻzlari “yagona soliq toʻlovini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishni ragʻbatlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 67-modda) 1-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshidagi “yagona soliqni”, “yagona soliq” soʻzlari tegishli ravishda “yagona soliq toʻlovini”, “yagona soliq toʻlovi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ–386-sonli Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 253-modda, 52-son, 386-modda; 2006-y., 25-26-son, 230-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)