Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN HISOBOT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh VA UNI NOQONUNIY TALAB ETGANLIK UChUN JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 15 IYuNDAGI PQ-100-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
197-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) 1-ilovaning 15-bandida:
“Korxonalar” soʻzidan oldin “Ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻzda tutilgan tadbirkorlik subyektlaridan tashqari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilingan tadbirkorlik subyektlari davlat soliq xizmati organlarida hisobga olish maqsadida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan majburiy sotilishi kerak boʻlgan valyuta tushumlari summasining hisob-kitobini belgilangan shakl boʻyicha taqdim etadilar”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 3-modda) 4-ilovaning 13-bandida:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idoralar va xizmatlardan, yuridik shaxslardan va ularning vakolatxonalari va filiallaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan idoraviy hisobga olish maʼlumotlarini olish hamda ulardan davlat statistika hisobotlarida statistika maqsadlarida foydalanish;
moliya, bojxona, soliq organlaridan va davlat boshqa tashkilotlaridan davlat statistika ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni (ularni ishlab chiqishning har qanday bosqichida), shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni talab qilish va olish”;
beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshi tegishli ravishda oltinchi—yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 74-modda) 6-ilovaning 26-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari, toʻlovchilar hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha soliq organlariga Jamgʻarmaga mablagʻ ajratilishi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar va xuddi shu oyning 20-kunigacha toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlarni Jamgʻarmaga oʻtkazadilar. Mikrofirmalar va kichik korxonalar har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay, roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha soliq organlariga Jamgʻarmaga mablagʻ ajratilishi yuzasidan hisob-kitoblarni taqdim etadilar. Jamgʻarmaga toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlar mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan har oyning 20-kunigacha oʻtkaziladi. Majburiy ajratmalarning ortiqcha toʻlangan summasi soliq organlarining ortiqcha toʻlaganlik toʻgʻrisidagi xulosasi boʻyicha, toʻlovchining yozma arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kun muddatda boʻlajak toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi yoki Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan toʻlovchiga qaytariladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 252-modda; 2006-y., 48-50-son, 486-modda; 2017-y., 36-son, 955-modda)