Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bir oy muddatda quyidagi nizomlarning yangi tahrirdagi loyihalarini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar:
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi davlat monitoringi toʻgʻrisida nizom;
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida nizom;
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori bilan tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-avgust,
192-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga
1-ILOVA
2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 1-ilovadan birinchi qator chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha milliy komissiyasi toʻgʻrisida” 1997-yil 12-noyabrdagi 510-son qarori 1-bandidagi va 3-bandining birinchi xatboshidagi “Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari” soʻzlari “Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 16-modda):
5-bandning birinchi xatboshidagi “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3iyuldagi 149-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif razryadlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-oktabrdagi 482-son qaroriga ilovada:
a) IV boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“IV. Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti”.
b) V boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“V. Mamlakat iqtisodiyotining muhim komplekslari, tarmoqlari va sohalari boʻyicha axborot-tahlil departamentlari
1. Departament mudiri 19
2. Mudir oʻrinbosari 18
3. Bosh mutaxassis 17
4. Yetakchi mutaxassis 16
5. Inspektor 10”
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 27-yanvardagi 39-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 27-yanvardagi 40-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda; 2008-y., 28-son, 269-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)