OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonidagi kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1683-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 25-apreldagi 41, 2006-45-son qarori (roʻyxat raqami 1683, 2007-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 22-son, 230-modda) bilan tasdiqlangan Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-may,
261-son
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-may,
2025-10-son
Kelishildi:
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
2025-yil 1-may
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A. VAXABOV
2025-yil 29-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonidagi kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish maqsadida donning sifat koʻrsatkichlari bazis tayyorlov konditsiyalari normalari tegishli milliy standartlar bilan belgilanadi.”.
2. 1-ilovada:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat standartlari” degan soʻzlar “Milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
sakkizinchi xatboshidagi “standartlar” degan soʻz “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Standart” degan soʻz “Milliy standart” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-ilovaning 4-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Olingan qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlarda foydali donning tarkibi:asosiy don, don aralashmasi va ishlov berilayotgan ekinga belgilangan milliy standart boʻyicha ifloslangan aralashmaga kiruvchi, ushbu ekinlarga belgilangan milliy standartlar boʻyicha esa asosiy donga yoki don aralashmasiga kiruvchi madaniy oʻsimliklar donlari (ifloslik aralashmasi qismidan ajratib olinadigan) hisoblab chiqiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)