Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22 va 7/4-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-may,
2025-08-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-may,
259-son
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-may,
11/2-son
Kelishildi:
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Sh. SOXIBNAZAROV
2025-yil 7-may
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 23-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 22-maydagi 2025-08-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 22-maydagi 259-son va Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 16-maydagi 11/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasidan “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 129-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish va pul mablagʻlarining xorijga asossiz oʻtkazilishi alomatlarini aniqlash tartibini belgilaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2467-6/0476-son)