Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-18]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-aprel,
253-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 28-apreldagi 253-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 118-banddagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 166-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“166. Subsidiyalar dastlab uni oluvchining davlat (45 10 000 modda) yoki xususiy tashkilot (45 20 000 modda) yoxud nodavlat notijorat tashkiloti (45 30 000 modda) hamda jismoniy shaxs (45 40 000 modda) ekanligiga qarab tasniflanadi. Natijada subsidiyalar olti turdagi oluvchilarga taqdim etilishi mumkin: nomoliyaviy davlat tashkilotlari (45 11 000 kichik modda), moliyaviy davlat tashkilotlari (45 12 000 kichik modda), nomoliyaviy xususiy tashkilotlar (45 21 000 kichik modda), moliyaviy xususiy tashkilotlar (45 22 000 kichik modda), nodavlat notijorat tashkilotlari (45 30 000 modda) va jismoniy shaxslar (45 40 000).”.
3. 1-ilovada:
1) 3 014 0 0 — 3 014 2 2 qatorlar chiqarib tashlansin;
2) 3 025 0 0 qatordagi “Xalq taʼlimi” degan soʻzlar “Taʼlim” degan soʻzga almashtirilsin;
3) 3 027 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi”;
4) 3 031 0 0 qatordagi “Xalq taʼlimi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3 037 0 0 va 3 037 1 0 qatorlar chiqarib tashlansin;
6) 3 054 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi”;
7) 3 059 0 0 — 3 059 2 1 qatorlar chiqarib tashlansin;
8) 3 075 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 076 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi;
3 076 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 077 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi;
3 077 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 078 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 079 0 0 Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi;
3 079 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 080 0 0 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi;
3 080 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 080 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
3 081 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi;
3 081 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 082 0 0 Energiya samaradorligi milliy agentligi huzuridagi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 082 1 0 Respublika mablagʻlari”;
9) 4 002 0 0 — 4 002 2 2 qatorlar chiqarib tashlansin;
10) 4 700 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik va idoralar tarkibidagi davlat ishtirokidagi korxonalar mablagʻlari”.
4. 2-ilovada:
1) 3 331 217 — 3 331 219 qatorlardagi “Xalq taʼlimi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3 412 108, 3 412 111 va 3 412 112 qatorlardagi “unitar korxonalarining” degan soʻzlar “ishtirokidagi korxonalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 3 422 215 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorijiy firmalar, banklar va boshqa tashkilotlarning vakolatxonalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda uning amal qilish muddatlarini amal qilishning har bir yili uchun uzaytirish uchun toʻlov”;
4) 3 422 427 — 3 422 430 qatorlardagi “maʼlumotnoma” degan soʻz “maʼlumot” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 3 450 971 qatordagi “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalari (neft bazalari)” degan soʻzlar “Oʻzbekneftgaz” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 4-ilovada:
1) 7 018 318, 7 018 324 va 7 018 333 qatorlardagi “Xalq taʼlimi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7 018 527 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 018 528 Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ularning hududiy maqsadli jamgʻarmalariga transfertlar”;
3) 7 041 907 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari”;
4) 7 041 911 qator chiqarib tashlansin;
5) 7 042 116 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 042 117 Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi xarajatlari”;
6) 7 042 991 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi”;
7) 7 043 203 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 043 204 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligini saqlash xarajatlari”;
8) 7 045 198 qatordagi “unitar korxonasini” degan soʻzlar “davlat muassasasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 7 047 906 va 7 047 907 qatorlar chiqarib tashlansin;
10) 7 047 904 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 047 908 Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi xarajatlari”;
11) 7 069 905 qatordan “hamda “Taʼmirlash tiklash xizmati” Davlat unitar korxonalarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
12) 7 069 908 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 069 909 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash xarajatlari;
7 069 910 Sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi “drayver” loyihalar uchun zarur infratuzilmani yaratish xarajatlari;
7 069 911 Tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish xarajatlari”;
13) 7 083 640 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 083 650 Sport turlari boʻyicha mahorat maktablari”;
14) 7 096 300 qatordagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 7 104 102 va 7 109 130 qatorlar chiqarib tashlansin;
16) 7 106 902 qator “taʼminlash” degan soʻzdan keyin “hamda sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanma” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
17) 7 109 406 qatordagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 5-ilovada:
1) 45 30 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“45 40 000 Jismoniy shaxslarga”;
2) 48 21 800 qatordagi “Xalq taʼlimi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 5a-ilovada:
1) 45 30 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“45 40 000 Jismoniy shaxslarga”;
2) 48 21 800 qatordagi “Xalq taʼlimi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2025-y., 10/25/2146-18/0471-son)