22.05.2025 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-maydagi PQ-186-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish, pediatr onkologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun shart-sharoitlarini yaratish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, Oʻzbekistonning ilmiy-intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun innovatsion gʻoyalar, amaliyotlar va texnologiyalarni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-maydagi PQ-186-son qaroriga muvofiq Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) huzurida Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab (keyingi oʻrinlarda — Akademik xab) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xab fanlararo platforma doirasida taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini birlashtirgan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasida qayta tayyorlash, malaka oshirish, klinik ordinatorlar va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida tibbiyot xodimlarini tayyorlash amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Akademik xabning muassisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabda oʻquv jarayoni nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari, shuningdek, mahalliy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xalqaro universitetlar klinikalari Akademik xabning taʼlim qismi boʻyicha boshqaruvchi sherik hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga belgilangan namunadagi sertifikat (diplom) beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xab tomonidan berilgan sertifikatga ega boʻlgan davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlariga ularning bazaviy tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 100 foizi miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xab xodimlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi. Bunda Akademik xab direktoriga — oliy taʼlim muassasasi rektori uchun, uning oʻrinbosarlariga — oliy taʼlim muassasasi prorektori uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabning xodimlariga ularning faoliyat koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, Markazning Kuzatuv kengashi qarori bilan Akademik xabning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan, Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akademik xabning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar, olimlar, tadqiqotchilarni tayyorlash (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim), qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi klinik va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish, milliy, mintaqaviy va xalqaro innovatsion tizimlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida onkologiya, gematologiya, immunologiya va pediatriya sohasida fanlararo tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion hujayra texnologiyasini rivojlantirish, bolalarda onkologik, gematologik, immunologik va boshqa kasalliklarni davolash uchun biotibbiyot hujayra mahsulotlarini ishlab chiqish va klinik amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi tibbiyot universitetlari va ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan qoʻllaniladigan ilgʻor taʼlim dasturlari, innovatsion pedagogik usullar va texnologiyalarni ishlab chiqish, moslashtirish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va amaliy bilimlarni integratsiyalash, faoliyatni klaster tamoyili asosida tashkil etish, akademik va kasbiy tajriba almashish, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining xorijiy, davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, tibbiyot ilmiy markazlarini birlashtiruvchi boʻgʻin boʻlib xizmat qiluvchi samarali platformani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va taʼlim jarayonlarini boshqarishning eng samarali tizimini yaratish, chet ellik ilmiy ekspertlarni jalb qilish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro reytinglarda yetakchi oʻrinlarni egallagan jahon tibbiyot universitetlari bilan strategik sheriklik aloqalarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabning xalqaro taʼlim makonida eʼtirof etilishiga erishish, nufuzli oliy taʼlim muassasalari reytinglarida munosib oʻrin egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun uzluksiz taʼlim tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbyot sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, ular bilan birgalikda ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Akademik xabning Vasiylik kengashi tarkibi Markazning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Akademik xabning Vasiylik kengashi tarkibiga xalqaro tashkilotlar va hamkor xorijiy mamlakatlar aʼzolari ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Akademik xab Markazning Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi hamda oʻqitish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan bitimlar asosida oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlaydi, professor-oʻqituvchilar faoliyatini tartibga soladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali chet ellik professor-oʻqituvchilar va boshqa mutaxassislarni jalb qiladi, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini mustaqil belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishga qabul qilish shartlarini, shuningdek, oʻqitish uchun toʻlov miqdorlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion va ilmiy faoliyatni, shuningdek, ilmiy yutuqlarni tijoratlashtirish, moliyaviy resurslarni jalb etish tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib boradi, shuningdek, Akademik xabning moliyaviy, iqtisodiy, maʼmuriy va boshqaruv faoliyati boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitoblar va adabiyotlarni xarid qilishni, oʻquv jurnallari, elektron kutubxonalar va boshqa oʻquv resurslariga obuna boʻlishni bevosita amalga oshiradi, shuningdek nashriyotlar va yetkazib beruvchilar bilan, shu jumladan xalqaro toʻlov tizimlaridan foydalangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan ularni xatlovdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Akademik xabda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoni oʻzbek, rus va ingliz tillarida qisqa muddatli oʻqitish dasturlari asosida maʼruza, laboratoriya va yakka tartibdagi mashgʻulotlar, guruhlarda amaliy ishlarni bajarish, tanqidiy fikrlash, savollar va tajribalarni yechish yordamida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoni “nazariyani amaliyot bilan uygʻunlikda taqdim etish” tamoyili asosida tashkil etiladi. Bunda tinglovchilarga Markazda hamda onkologiya, gematologiya, immunologiya va pediatriya yoʻnalishidagi boshqa klinikalarda malakaviy amaliyot oʻtash imkoniyati beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tinglovchilarni qabul qilish parametrlari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2030-yilgacha har yili Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun mutaxassislarni oʻqitish uchun kamida 25 ta oʻrin ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Akademik xabning direktori Markaz Kuzatuv kengashi raisi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademik xab 2025-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik tadqiqotlar va sinovlar protokollarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etika qoʻmitasi tomonidan baholash va maʼqullashdan oʻtkazilishini, tadqiqotlarning xalqaro va milliy platformalarda roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tartibga soluvchi organlaridan tegishli ruxsatnomalar olinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbalarini, shu jumladan, xalqaro va mahalliy grantlarni jalb qilish, farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikni va davlat dasturlarida ishtirok etishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Akademik xab faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Akademik xabni 2030-yilgacha boʻlgan davrda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Kuzatuv kengashiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabning tuzilmasini tasdiqlash, tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida unga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xab faoliyatini moliyalashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishni tashkil etish uchun budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari va boshqa manbalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabga ajratilgan binolarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, inventarlar, kompyuterlar va boshqa tashkiliy vositalar, kutubxona fondi bilan jihozlash uchun zarur mablagʻlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabga tinglovchilarni tayyorlash va qabul qilish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet ijrosi boʻyicha yillik hisobotlarni, shuningdek, Akademik xab faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz huzuridagi Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi va Akademik xabning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan professor-oʻqituvchilar tarkibi, boshqaruv va boshqa xodimlarga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirishlar, ustamalar va mukofotlar belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Akademik xabning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz huzuridagi Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Akademik xabni moliyalashtirish 2025-yilda Markaz huzuridagi Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki hafta muddatda 2025-yilda Akademik xab faoliyatini moliyalashtirish uchun Markaz huzuridagi Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bilan birgalikda Akademik xabning Ustavini belgilangan tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralar natijalari boʻyicha mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan uzoq muddatli kelishuvlarga erishish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish dasturlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda Akademik xabni malakali professor-oʻqituvchilar va boshqaruv xodimlari, shu jumladan, chet ellik mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) homiylik, grant, texnik koʻmak va budjetdan tashqari mablagʻlarni shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilishda Akademik xabga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Uzbekistan Airways” AJ 2027-yil 1-yanvarga qadar Akademik xab uchun zarur boʻlgan adabiyot fondi va moddiy-texnika vositalarining aviatashuvlarini bepul amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabni Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobidan kompyuterlar va boshqa tashkiliy vositalar, shu jumladan, masofaviy va onlayn taʼlimni tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv jihozlari bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabni mebel jihozlari (partalar, stollar, stullar va boshqa buyumlar), inventarlar, zamonaviy laboratoriya uskunalari, shuningdek, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabning Axborot-resurs markazi faoliyatini yoʻlga qoʻysin hamda oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan barcha modul va ilovalarning ulanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik xabning Axborot-resurs markazini Alisher Navoiy nomidagi Uzbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona resurslariga ulanishini tashkil etsin va barcha turdagi xizmatlardan foydalanish, shu jumladan, eʼtirof etilgan ilmiy nashrlarning maʼlumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2026-yil va kelgusi yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda Akademik xabning yangi bino va inshootlarini qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, unga tutash hududlarni obodonlashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar saratoni sohasidagi taʼlim dasturlarini xalqaro standartlar boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy taʼlim va simulyatsion treninglar uchun uzluksiz tibbiy taʼlim dasturlari va raqamli platformalar joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akademik xab Toshkent shahri Chilonzor tumani, Arnasoy koʻchasi, 2-mavze, 32-uy manzilidagi binoga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmanomalari boʻyicha belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorni amalga oshirish doirasida chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislarga, ularning oila aʼzolariga — bepul kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan, chet ellik tinglovchilarga — Akademik xabda oʻqishning butun davri uchun uzoq muddatli koʻp martalik kirish vizalari berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari orqali Akademik xabning kutubxona fondini toʻldirishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan vatandoshlar hamda bolalar saratoni sohasidagi chet ellik mutaxassislar, yuqori malakali va tajribali kadrlarni Akademik xabga jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Markaz buyurtmasiga asosan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularga respublika xududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma va sertifikatlar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2025-y., 09/25/326/0463-son)