Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda mutanosiblik prinsipiga amal qilinishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-57-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda mutanosiblik prinsipiga amal qilinishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-57-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-aprel,
749-V-son