Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 27-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-71-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 27-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-71-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 25-martda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida Bitimni (Toshkent, 2024-yil 27-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-71-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-aprel,
725-V-son