Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3558-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 168-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3558, 2024-yil 7-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024 y, 10/24/3558/0803-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-may,
255-son
Kelishildi:
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2025-yil 28-aprel
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari M. ABDULLAYEV
2025-yil 23-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 5-maydagi 255-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 103-bandning oʻn oltinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2b-ilovaning matnidagi “DUK” va “DSQ” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davlat ishtirokidagi korxona” va “Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3558-1/0440-son)