Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
Qarori
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2818-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 21-iyundagi 01/26-26/40-son qarori (roʻyxat raqami 2818, 2016-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 370-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomning 13-bandi beshinchi xatboshisidan “davlat unitar korxonasining,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais H. TURAXUJAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-aprel,
2818-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 3-aprel
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2025-y., 10/25/2818-1/0436-son)