28.03.2025 yildagi 711-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashining yigʻilishidagi nutqida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Sohaning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, korrupsiyaning oldini olish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashining yigʻilishidagi nutqida belgilangan vazifalar, gʻoyalar va tashabbuslar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish vaqtinchalik emas, balki uzluksiz, izchil va maqsadli saʼy-harakatga aylanganini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu dasturiy nutq mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish, barcha soha va tarmoqlarda korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy etishda yangi davrni boshlab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yigʻilishda oʻtgan yillar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlarga baho berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar va asosiy yoʻnalishlar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda yurtimizda olib borilgan islohotlar natijasida davlat xaridlari, qurilish, taʼlim, sogʻliqni saqlash kabi muhim sohalarga raqamlashtirish ishlari joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohaga oid 10 ga yaqin qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10 ta farmon va qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori va 20 dan ortiq idoraviy hujjat qabul qilindi, shuningdek 2 ta davlat dasturi tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tizimi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim va muhit yaratildi, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi oʻrni va taʼsiri yanada ortdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yaxlit tizim yaratish va sohada nazoratni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi tuzildi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida masʼul qoʻmitalar tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul maxsus vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 2022-yildan eʼtiboran mazkur agentlikning Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzasini parlamentda eshitish amaliyoti joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga bugungi kunda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar qatorida hal etilishi lozim boʻlgan muayyan masalalar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining oʻrni va masʼuliyati yetarli emasligi kuzatilmoqda. Ayrim soha va tarmoqlarda korrupsiyaviy omillar yuqoriligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va uning organlarining korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasidagi faoliyatini yanada jonlantirish talab etilmoqda. Xususan, qonunlarda korrupsiyaga imkon beruvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarga eʼtiborni kuchaytirish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiya holatlarining oldini olishda parlament nazorati shakllaridan yanada samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining har oy oxirgi haftasida saylov okruglaridagi uchrashuvlari davomida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning holatini oʻrganish, jamoatchilik bilan muloqot asosida joylardagi mavjud muammolarni parlament muhokamasiga olib chiqishga ustuvor ahamiyat berish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining milliy maʼruzasini Qonunchilik palatasida eshitish amaliyotini yanada takomillashtirish kerak. Milliy maʼruzani eshitish yakunlari asosida raqamlashtirish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan masʼul davlat organlari rahbarlarining axborotini Qonunchilik palatasining qoʻmitalari majlislarida eshitish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi yigʻilishidagi nutqida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni, belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlarni har tomonlama muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi yigʻilishidagi nutqida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslar qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga nisbatan murosasiz boʻlish hamda bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan vazifalarning ahamiyatini saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bilan oʻtkaziladigan uchrashuvlarda tinchlik va barqarorlikni qadrlash, toʻy-hasham, maʼraka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik masalalariga alohida eʼtibor qaratish hamda bu borada aholi orasida targʻibot tadbirlarini yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi muammo va masalalarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda oʻrganish hamda ularga huquqiy yechim topish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda korrupsiyaga imkon beruvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni, qonunlarning ijro etilish holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish, shuningdek mavjud huquqiy boʻshliqlarni va korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilishga qaratilgan takliflar kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritishda ularning korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilganligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarida korrupsiyaga imkon beruvchi normalar hamda raqobat muhitini rivojlantirishga taʼsir etuvchi omillar mavjud emasligiga alohida eʼtibor qaratish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining xalqchil takliflari asosida yangi qonunlarni ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratish va ularning ijrosini qatʼiy nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari boʻlgan inspeksiyalar rahbarlarining “Korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan munosabatlaridagi korrupsiya omillarining oldini olish, shuningdek “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kambagʻal oilalarga berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini 2025-yil 1-oktabrga qadar oʻrgansin hamda takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili budjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan uchta vazirliklarda korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarga chiqqan holda aholiga kadastr xizmatlarini koʻrsatish tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarining oldini olish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini 2025-yil 30-iyunga qadar oʻrgansin hamda takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarni shakllantirish va sarflash borasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan olib borilayotgan deputatlar nazoratining natijadorligini va tashabbusli budjet jarayonlaridagi holatlarni 2025-yil 30-sentabrga qadar tahlil qilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va tumanlarda (shaharlarda) mahalliy budjetlarning shakllanishi va sarflanishini tanlov asosida oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalarini tegishli vazirliklar ishtirokida qoʻmitada muhokama qilsin va takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini 2025-yil 1-mayga qadar qayta koʻrib chiqsin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi bilan birgalikda toʻgʻridan-toʻgʻri xaridlarni ikki karra qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga imtiyozli kredit ajratishda korrupsiya omillarini bartaraf etish, shu jumladan moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda inson omilini cheklash, bu boradagi raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish boʻyicha 2025-yil 31-iyulga qadar takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajribani oʻrganib, kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni 2025-yil 30-mayga qadar ishlab chiqsin va ularni samarali tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etishida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha aniq rejasini ham himoya qilish tartibini qonun hujjatlarida belgilash boʻyicha qonun loyihasini 2025-yil 30-aprelga qadar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda masʼul idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzgan holda, “jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” davomida har oyda reja asosida “qizil toifa”dagi mahallalarga borib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va omillarini chuqur tahlil qilsin, tuman (shahar), viloyat prokurorlari va ichki ishlar organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar bersin hamda tuman (shahar) va mahallalardan chiqqan xalqchil takliflar asosida qonunlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarga chiqqan holda, sogʻliqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarining oldini olish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini 2025-yil 30-aprelga qadar oʻrgansin hamda takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaning oldini olish, odamlarni unga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, korrupsiya jinoyatlarining aniq roʻyxatini shakllantirish hamda bu borada jazo choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini 2025-yil 30-iyunga qadar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qaytadan koʻrib chiqib, maromiga yetkazsin hamda 2025-yil 30-mayga qadar Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi fuqarolarni xavfsiz, kafolatli tarzda ishlash uchun xorijga ishga yuborishda korrupsiya hollarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini 2025-yil 31-avgustga qadar oʻrgansin hamda takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish loyihalarini amalga oshirishda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda “Shaffof qurilish” platformasi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha 2025-yil 31-mayga qadar takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini 2025-yil 30-sentabrga qadar oʻrgansin hamda takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori loyihasini 2025-yil 30-aprelga qadar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiya — kelajakka tahdid” gʻoyasi asosida yoshlar qalbidan joy oladigan tizim yaratish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tarbiya” fani doirasida oʻgʻil-qizlarga halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu gʻoyalarni sodda tilda tushuntirib borish boʻyicha 2025-yil 1-avgustga qadar takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar holatini 2025-yil 20-avgustga qadar oʻrgansin va takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi rolini oshirish ishlarini Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya bilan birgalikda samarali yoʻlga qoʻysin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik takliflarini ishlab chiqishga hamda mahalliy davlat organlarida korrupsiyaga qarshi monitoring ishlariga jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid maxsus trening va seminarlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aholiga davlat yongʻin xavfsizligi xizmatini koʻrsatish tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarining oldini olish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini 2025-yil 30-dekabrga qadar oʻrgansin hamda takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish borasidagi ishlarni oʻrgansin va takliflar tayyorlasin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida har yili ajratiladigan davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalarining yillik roʻyxati shakllantirilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tajriba va malakaga ega boʻlgan, ochiq tanlov orqali tadqiqot oʻtkazuvchi fuqarolik jamiyati institutlari tanlab olinishiga eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarining oldini olish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini 2025-yil 30-noyabrga qadar oʻrgansin hamda takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-uslubiy jihatidan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qarorda nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritib, uning ijrosi toʻgʻrisida har chorakda Qonunchilik palatasi rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan ishlarni, oʻtkazilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
711-V-son