Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
qarori
Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibi 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3603-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 210-sonli va 2024-yil 24-dekabrdagi 20-son qarori (roʻyxat raqami 3603, 2025-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 10/25/3603/0082-son) bilan tasdiqlangan Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibi 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tibbiy xizmatga toʻlov qiymatini belgilashda, rentabellik koʻrsatiladigan tibbiy xizmat tannarxining 20 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-aprel,
254-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-aprel,
10-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 10/25/3603-1/0427-son)