Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
buyrugʻi
Sport turlari boʻyicha 2025 — 2028-yillar uchun Yagona sport tasnifini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 5-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3623]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 588-son “Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagi sport turlari boʻyicha 2025 — 2028-yillar uchun Yagona sport tasnifi tasdiqlansin:
yozgi olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha 1 — 44-ilovalarga muvofiq;
qishki olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha 45 — 50-ilovalarga muvofiq;
paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan va para sport turlari boʻyicha 51 — 80-ilovalarga muvofiq;
milliy va noolimpiya sport turlari boʻyicha 81 — 123-ilovalarga muvofiq;
sportning texnikaviy va amaliy turlari boʻyicha 124 — 132-ilovalarga muvofiq.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq 2028-yil 31-dekabr kuniga qadar amal qiladi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-aprel,
3-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 10/25/3623/0426-son)