06.05.2025 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.04.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, shuningdek, haydovchilarning yoʻl harakati qoidalariga rioya etish borasidagi masʼuliyati va madaniyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-son Qonuniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblanadigan jarima ballari uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilishi belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositalarining haydovchilariga nisbatan jarima ballarini hisoblash ularni jazodan ozod etmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini boshqarish jarayonida yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganda, jarima ballarini hisoblash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarning jarima ballari hisoblanishi boʻyicha murojaat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrdagi 676-sonli qaroriga asosan 3-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2026-yil 1-aprel — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/676/0981-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “E-jarimaball” moduli orqali (keyingi oʻrinlarda — “E-jarimaball” moduli) inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikki oy mobaynida yoʻl harakati qoidalarini buzmagan transport vositalari haydovchilariga ragʻbatlantirish tariqasida, keyingi davrda yoʻl harakati qoidalarini birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima ballari hisoblangan vaqtdan boshlab, ular olti oy davomida yoʻl harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima balli chegirib tashlanadi. Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima ballidan kam boʻlgan taqdirda, barcha jarima ballari chegirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimida haydovchilarning shaxsiga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgandan keyin ushbu tizim orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha jarima ballarini hisoblash amaliyotini joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan xulosani kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2025-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganda, ularga jarima ballarini hisoblashning “E-jarimaball” modulini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin. Bunda transport vositalari haydovchilariga oʻzining jarima ballari haqidagi maʼlumotlarni “E-jarimaball” moduli va maxsus mobil ilova hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun toʻplagan har bir balli haqida ularning mobil aloqa vositalariga bu haqida “SMS” xabar yuborish orqali ogohlantirish tartibini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima ballari asosida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning elektron maʼlumotlar bazasini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda haydovchilarning yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun toʻplagan jarima ballari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinishini taʼminlash uchun Oliy sudning tegishli axborot tizimlariga taqdim etish tizimini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 296-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom transport vositasini boshqarish jarayonida yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash, jarima ballarini hisoblash, hisoblangan jarima ballari boʻyicha murojaat qilish va ularni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Kodeks) 341-moddasida koʻrsatib oʻtilmagan yoʻl harakati qoidabuzarliklariga doir moddalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan yoki tranzit harakatlanib oʻtayotgan chet el transport vositalarining haydovchilariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatxonalari, shuningdek, ushbu vakolatxonalar hamda tashkilotlarning haydovchilariga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslar ushbu tashkilotlarning maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari boʻlgan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Haydovchilarning yoʻl harakati qoidalariga rioya etmaslik holatlari oʻn ikki balli jarima ballari asosida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻn ikki oy davomida baholab boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun asosiy jazo bilan birga ushbu Nizomda belgilangan tartibda jarima ballari hisoblanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrdagi 676-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/676/0981-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jarima ballari haydovchilar qoidabuzarlikni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amalda hisoblanadi (keyingi oʻrinlarda — jarima ballarini hisoblash davri).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima ballarini hisoblash davrida jami jarima ballari oʻn ikki ballga yetmasa, toʻplangan ballar keyingi jarima ballarini hisoblash davri uchun hisoblanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va jarima ballarini hisoblash yangidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganda, jarima ballarini hisoblash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Haydovchilar tomonidan sodir etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari ushbu Nizomga 2-ilovadagi jadvalda keltirilgan ballarni qoʻshib borish orqali hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrdagi 676-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/676/0981-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Jarima ballari, Yoʻl harakati qoidalari buzilgani holati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar asosida transport vositalarini bevosita boshqargan haydovchilarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan Kodeksda nazarda tutilgan tegishli qoidabuzarliklar uchun rasmiylashtirilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlar asosida transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxsga nisbatan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Yoʻl harakati qoidalari buzilgani holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda jarima ballari hisoblanadigan haydovchining shaxsi quyidagi tartibda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport vositasining mulkdori (jismoniy va yuridik shaxs) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs oʻziga tegishli boʻlgan transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalanuvchi boshqa haydovchiga yoki yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsiga topshirilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borish uchun tegishli axborot tizimlarida shaxsiy elektron kabinet ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa haydovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu haydovchiga transport vositasi boshqarish uchun topshirilishidan oldin shaxsiy elektron kabinetiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini amalda boshqarish uchun qabul qilgan haydovchi tomonidan mazkur maʼlumotlar tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblanadigan (qoidabuzarlik sodir etgan) haydovchi toʻgʻrisidagi aniq maʼlumot mavjud boʻlmagan (shaxsiy elektron kabinet orqali tasdiqlanmagan) holatlarda jarima ballari mazkur qoidabuzarlik sodir etilgan transport vositasining mulkdoriga nisbatan (unda haydovchilik guvohnomasi mavjud boʻlsa) qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblanadigan (qoidabuzarlik sodir etgan) haydovchining shaxsi toʻgʻrisidagi aniq maʼlumot mavjud boʻlmagan (shaxsiy elektron kabinet orqali tasdiqlanmagan), shuningdek, mulkdoriga nisbatan jarima ballarini qoʻllash imkonsiz (haydovchilik guvohnomasi mavjud boʻlmasa) boʻlgan transport vositalarida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun hisoblanadigan jarima ballari yigʻindisi 12 balldan oshganda, mazkur transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirish orqali vaqtincha ushlab turiladi.
(51 va 52-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 25-oktabrdagi 676-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 27.10.2025-y., 09/25/676/0981-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun jarima ballari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “E-jarimaball” moduli (keyingi oʻrinlarda — “E-jarimaball” moduli) orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Haydovchilar oʻzining jarima ballari haqidagi maʼlumotlarni istalgan paytda “E-jarimaball” moduli yoki maxsus mobil ilova orqali olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar sakkiz jarima balliga teng boʻlganda, ular bu haqida “E-jarimaball” modulida shakllangan maʼlumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda mobil aloqa vositalariga “SMS” xabar yuborish yoʻli bilan ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblangan jarima ballari miqdori bir yil davomida oʻn ikki balldan oshgan hollarda haydovchilarning qoidabuzarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (elektron maʼmuriy bayonnomalar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari orqali jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun maʼmuriy jazoni qoʻllash uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlariga inson omilisiz avtomatik tarzda elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqida haydovchilarga ularning mobil aloqa vositalariga “E-jarimaball” moduli orqali “SMS” xabar yuborish orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi holati yuzasidan eʼtiroz bildirilib, maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha ishlar koʻrib chiqish uchun sudlarga yuborilganda, jarima ballari sudlarning yakuniy qarorlariga asosan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilsa, jarima ballari huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarori bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish bekor qilinib, haydovchi maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilsa, ushbu qoidabuzarliklar boʻyicha haydovchiga jarima ballari hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudning qarori “E-jarimaball” moduliga yuklanadi va bekor qilingan huquqbuzarlik boʻyicha qayd etilgan jarima balli avtomatik tarzda hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻn ikki oy mobaynida yoʻl harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga ragʻbatlantirish tariqasida, keyingi jarima ballarini hisoblash davrida sodir etgan birinchi yoʻl harakati qoidasini buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi. Bunda ular asosiy jazodan ozod etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima balli hisoblangan vaqtdan boshlab, ular olti oy davomida ushbu Nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan Kodeksning moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etmagan taqdirda, ularning umumiy jarima ballaridan ikki jarima balli chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda haydovchilarning jarima ballari umumiy miqdori ikki jarima ballidan kam boʻlgan taqdirda, barcha jarima ballari chegirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jarima ballari boʻyicha murojaat qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Haydovchilar jarima ballari boʻyicha Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining tegishli boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — boʻlinmalar) qonunchilikda belgilangan muddatlarda murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Haydovchilarning jarima ballari boʻyicha murojaatlari mazmunidan kelib chiqqan holda, boʻlinmalar tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra boʻlinmalar quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarorni bekor qilish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra boʻlinmalar tomonidan quyidagi hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarorni bekor qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima ballarini hisoblashda texnik xatolik yuz berganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima ballari ushbu Nizom talablarini buzgan holda hisoblanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy ish Kodeksning 271 yoki 329-moddalariga muvofiq tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Murojaatlarda koʻrsatilgan sabablar oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda, boʻlinmalar tomonidan murojaatni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Haydovchilar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qaror yuzasidan yuqori turuvchi organlarga va (yoki) sudga shikoyat qilishlari mumkin hamda ushbu organlarning qarorlari jarima ballarini oʻzgartirishga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Haydovchilarga birinchi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab jarima ballarining hisoblanishi boshlanadi.

 

 

 

Birinchi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab keyingi yilning shu kuniga qadar

 

1-bosqich

 

“E-jarimaball” moduli

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar boʻyicha qabul qilingan qarorlar “E-jarimaball” moduliga avtomatik tarzda kiritiladi.

Sodir etilgan qoidabuzarlik sakkiz jarima balliga teng boʻlganda, bu haqida haydovchining mobil aloqa vositasiga “SMS” xabar yuborish orqali haydovchi ogohlantiriladi.

Olti oy davomida yoʻl harakati sohasida boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan haydovchilarning umumiy jarima ballaridan ikki jarima balli chegirib tashlanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Yil davomida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sakkiz jarima ballga yetganda

2-bosqich

 

“E-jarimaball” moduli

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Soʻnggi jarima balli qayd etilgan sanadan olti oy oʻtgach

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jarima ballari oʻn ikkitadan oshganda, yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilarning hujjatlari maʼmuriy jazo qoʻllash uchun sudlarga yuboriladi va bu haqida ularga “SMS” xabar orqali maʼlum qilinadi.

Haydovchilar jarima ballari boʻyicha DYHXXga murojaat qilishlari mumkin.

 

 

DYHXX tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

“E-jarimaball” moduli

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Murojaat qonunchilikda belgilangan muddatda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

DYHXX tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

 

 

 

4-bosqich

 

Sud

 

 

Belgilangan muddatda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrdagi 676-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/676/0981-son. 2-bosqich “Tadbirlar” ustunining kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining haydovchilar tomonidan sodir etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari hisoblanishi belgilangan moddalari va jarima ballarining miqdorlari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVAL
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MJtKning moddasi raqami va nomi

MJtK jarima ballari hisoblanishi belgilangan moddalarning dispozitsiyalari

Belgilangan jarima ballari miqdori

125-modda.

Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish

(uchinchi qism) Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi

0,3

(beshinchi qism) Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi oʻzboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish

1

126-modda.

Koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish

(birinchi qism) Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno

0,5

(ikkinchi qism) Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa

1

127-modda.

Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni oʻrnatish qoidalarini buzish

(birinchi qism) Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni oʻrnatish, xuddi shuningdek ularni oʻzgartirib oʻrnatish

0,2

1283-modda.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi

(birinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi

0,5

(ikkinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi

1

(uchinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi

1,5

(toʻrtinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi

2

1284-modda.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan toʻxtash chizigʻini bosib kirishi va oʻtishi

(ikkinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi

1

1285-modda.

Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi

(birinchi qism) Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish

0,5

(ikkinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi

1

1286-modda.

Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi

Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi

0,2

1288-modda.

Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish

(birinchi qism) Odam tashish qoidalarini buzish

0,3

(ikkinchi qism) Avtobus va mikroavtobuslarda ichki ishlar organlarining hamrohligisiz odam tashish, agar ularning hamrohligida odam tashish shart boʻlsa

0,5

1289-modda.

Transport vositalarini quvib oʻtish qoidalarini buzish

Transport vositalarini quvib oʻtish qoidalarini buzish

1

129-modda.

Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi

Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi

1,5

130-modda.

Transport vositalari haydovchilarining temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzishi

Transport vositalari haydovchilarining temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzishi

1

137-modda.

Yoʻl-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish

(birinchi qism) Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi

2

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/296/0420-son; 27.10.2025-y., 09/25/676/0981-son)