07.05.2025 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.05.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarining harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalari harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlari samarali mehnat qilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning oʻz kasbiy darajasini oshirib borishdan manfaatdorligini taʼminlash maqsadida harbiy-tibbiy muassasalarda koʻrsatiladigan pulli tibbiy xizmatlardan tushgan mablagʻlarning asosiy qismini kadrlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltirish taqozo etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalari harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlarning 75 foizdan ortiq boʻlmagan qismini ushbu muassasalarning harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga, kamida 25 foizini moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Sh.Gʻ. Xalmuxamedov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 298-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibi 29-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tushgan barcha mablagʻlarning kamida 75 foizi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, sogʻliqni saqlash va suv xoʻjaligi budjet tashkilotlarida, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida hamda davlat teatrlarida kamida 50 foizi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarida kamida 25 foizi) moddiy-texnik bazani mustahkamlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻpi bilan 25 foizi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, sogʻliqni saqlash va suv xoʻjaligi budjet tashkilotlarida, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida hamda davlat teatrlarida 50 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarida 75 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda) budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining tibbiy taʼminot tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi 915-son qarorining rus tilidagi matnida 3-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) sredstva, poluchennie voyenno-meditsinskimi uchrejdeniyami Ministerstva oboroni Respubliki Uzbekistan ot okazaniya platnix meditsinskix uslug posle vospolneniya sovokupnix zatrat po proizvodstvu i realizatsii dannix uslug napravlyayutsya na:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
razvitiye materialno-texnicheskoy bazm, remont, zakupku oborudovaniya, lekarstvennix sredstv i izdeliy meditsinskogo naznacheniya — ne meneye 25 protsentov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
premirovaniye voyennoslujashix po kontraktu i grajdanskogo personala voyenno-meditsinskix uchrejdeniy Ministerstva oboroni Respubliki Uzbekistan — ne boleye 75 protsentov”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/298/0418-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)