Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2934-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligining 2017-yil 14 sentabrdagi 01-02/12-35, 03/17-1092, 2017/09-14-son qarori (roʻyxat raqami 2934, 2017-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/2934/0082-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasidagi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Yer qaʼri toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I. NORQULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-aprel,
250-son
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-aprel,
2025/11-1-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 10/25/2934-1/0423-son)