Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishda qonunchilikda belgilangan tartib-taomillarni buzganlik, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash boʻyicha ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-64-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishda qonunchilikda belgilangan tartib-taomillarni buzganlik, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash boʻyicha ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-64-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 6-martda kiritilgan “Ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishda qonunchilikda belgilangan tartib-taomillarni buzganlik, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash boʻyicha ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-64-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-mart,
644-V-son