Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining:
2025-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha parlament komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 594-V/KQ-104-V-sonli;
2025-yil 4-martda qabul qilingan “2025 — 2029-yillarga moʻljallangan qonun ijodkorligi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 595-V/KQ-105-V-sonli qoʻshma qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-mart,
636-V-son