Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3290-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 25-fevraldagi 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 3290, 2021-yil 25-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2021-y., 10/21/3290/0236-son) bilan tasdiqlangan Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibida:
1) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuk operatsiyasi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish;”;
2) 5-bandning “a” kichik bandi, 6-bandning ikkinchi xatboshisi hamda ilova matnidagi “qayta yuklash” degan soʻzlar “yuk” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-aprel,
248-son
Kelishildi:
Savdo sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 8-aprel
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 10/25/3290-1/0401-son)