Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3619]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2025-yil 8-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. BURXANOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-aprel,
69-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari B. ZAXIDOV
2025-yil 4-aprel
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorning birinchi oʻrinbosari A. MUSAYEV
2025-yil 2-aprel
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
2025-yil 2-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2025-yil 11-apreldagi 69-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 27-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3319, 2021-yil 8-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 10/21/3319/0856-son) bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 1-bandidan “unitar korxonalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2024-yil 21-oktabrdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3569, 2024-yil 5-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 10/24/3566/0888-son) bilan tasdiqlangan Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar va manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarining matnidan “davlat unitar korxonalarida,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/3619/0399-son; 07.05.2026-y., 10/26/3829/0468-son)