Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2005 29.06.1994 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XOʻJALIGINING STRATEGIK AHAMIYATGA EGA BOʻLGAN ALOHIDA MUHIM ENERGETIKA, SUV XOʻJALIGI VA ILMIY-SANOAT KOMPLEKSLARI OBYEKTLARINI QOʻRIQLAShNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 7-apreldagi PQ-47-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim kategoriyalangan obyektlari xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikastlanishi respublikaning ekologiyasi va iqtisodiyoti uchun ogʻir oqibatlarga sabab boʻluvchi strategik ahamiyatga ega boʻlgan alohida muhim xalq xoʻjaligi obyektlarining barqaror va xavfsiz faoliyat koʻrsatishlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi kompleksining alohida muhim obyektlarini qoʻriqlash qanday tashkil etilganligini nazorat qiluvchi doimiy ishlaydigan Respublika idoralararo komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika idoralararo komissiyaning xulosalari va tavsiyalari tasarruflarida alohida muhim obyektlari boʻlgan vazirliklar va idoralarning bajarishlari uchun majburiy deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Alohida muhim obyektlarni qoʻriqlash qanday tashkil etilganligini nazorat qiluvchi Respublika idoralararo komissiyaning tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika idoralararo komissiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tarmoqlar rahbarlarining, shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan obyektlarning xavfsiz faoliyat koʻrsatishlarini qoʻriqlovchi xizmatlarning javobgarliklarini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhim obyektlarni qoʻriqlash qanday tashkil etilganligini maxsus jadval boʻyicha tekshirish va oʻz yigʻilishlarida tegishli vazirliklar hamda idoralar rahbarlarining ushbu masalalar boʻyicha axborotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat qarori qabul qilinishini talab qiluvchi masalalar boʻyicha komissiya oldiga qoʻyilgan vazifalarning mohiyatiga koʻra zarur takliflar kiritish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 29-iyun,

329-son