Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1778-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 26-maydagi PF-79-son “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778, 2008-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda; 2015-y., 3-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir X. UMAROVA
Toshkent sh.,
2025-yil 9-aprel,
2-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Nizom muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini (bundan buyon matnda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish jarayonini tartibga soladi.”.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati, shakli va muddatlari har oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, ushbu roʻyxatga taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan maktablar uchun davlat tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari majburiy hamda tanlov fanlari boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Bunda, tanlov fanlari roʻyxatidan bitiruvchi oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonidagi oʻzi tanlagan yoʻnalishga mos fanlarni tanlashi mumkin.”.
3. 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy attestatsiya materiallari (yozma ish yoki insho mavzulari, matematika boʻyicha topshiriqlar, ogʻzaki imtihon biletlari, test topshiriqlari) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tayyorlanib, ekspertizadan oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qoshidagi Respublika taʼlim markazi tomonidan tasdiqlanadi.”.
4. 10-bandda:
1) birinchi xatboshidagi “keyingi oʻrinlarda” degan soʻzlar “bundan buyon matnda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakuniy attestatsiyada kuzatuv kengashi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.”.
5. 11-banddan “Ushbu jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari ishtirok etishlari mumkin.” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 17-banddagi “bayon”, “Bayon” degan soʻz tegishli ravishda “yozma ish”, “Yozma ish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 18-bandning birinchi xatboshisidagi “bayon” degan soʻz tegishli ravishda “yozma ish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bayonlari” degan soʻz “yozma ishlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 22 va 25-bandning birinchi xatboshilaridagi “bayon” degan soʻz tegishli ravishda “yozma ish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 32-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi hamda 33-banddagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 37-bandda:
1) birinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchi yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan ozod etiladi. Bunda, xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.
12. 38-bandning birinchi xatboshisidagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 39-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)