Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 21.04.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2693-13
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Hujjat 23.05.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 21-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2693-13]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-sonli “Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3697, 28.10.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7/6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. I darajali kapital regulyativ kapitalning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining 100 foizidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. I darajali qoʻshimcha kapital oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizom 12-1-bandida belgilangan talablarga javob beruvchi toʻliq toʻlangan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshilgan kapital — nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalarini birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori toʻlangan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) I darajali qoʻshimcha kapitalga qoʻshilish shartlariga javob beruvchi shuʼba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida boʻlgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar, shuningdek mazkur Nizomning 11-bandi “g” kichik bandiga kiritilmagan ozchilik ulush egalarining bank yigʻma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12-1. I darajali qoʻshimcha kapitalga kiritilgan toʻliq toʻlangan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalari quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari, kreditorlari va subordinar qarzlar boʻyicha talablari bajarilgandan soʻng qondirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va taʼminlanmagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular chiqarilgan sanadan kamida besh yildan soʻng emitent tashabbusi bilan qaytarib sotib olinishi mumkinligi, bunda Markaziy bankning eʼtirozi mavjud boʻlmasligi, shuningdek oʻxshash turdagi muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalariga yoxud boshqa ulardan yuqoriroq turiga almashtirilishi yoki qaytarib sotib olinishi natijasida bank I darajali kapitalining monandlik koeffitsiyenti mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻrnatilgan minimal talabdan kamida ikki foiz bandga yuqori boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar (foizlar) toʻlanmasligi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan dividendlar (foizlar) jamgʻarib borilmasligi va keyinchalik toʻlanmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha dividendlar (foizlar) toʻlanmaganligi bank tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi (toʻlovga qobiliyatsizlik) holati deb baholanmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha toʻlanmagan dividendlar (foizlar) hisobidan shakllangan mablagʻlardan bank hech qanday cheklovlarsiz foydalanish huquqiga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha dividendlar (foizlar) toʻlanmasligi bank uchun hech qanday cheklovlarni keltirib chiqarmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha dividendlar (foizlar) miqdorlari (stavkalari) bankning moliyaviy holati va (yoki) kredit reytingi oʻzgarishi natijasida oʻzgarmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ular qaytarib sotib olinishiga oid shartlarni shakllantirmasligi, shu jumladan shartnoma shartlariga bunday shartlarni kiritilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank toʻlovga qobiliyatsizlikka uchraganini baholashda bankning majburiyatlari uning aktivlaridan ortib ketish holatiga olib kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi maqsadlarida majburiyat sifatida tasniflangan kapital vositalari bank I darajali asosiy kapitalining monandlik koeffitsiyentini kamida mazkur nizomga muvofiq talabdan (kapitalning konservatsiya buferi hisobga olinmagan holda) bir foiz bandga balandroq darajaga yetkazish maqsadida bankning oddiy aksiyalariga toʻliq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilinishi va (yoki) hisobdan chiqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni qayta kapitallashtirishga toʻsqinlik qiluvchi shartlar, shu jumladan kelgusida ushbu kapital vositalari avvalgilariga nisbatan pastroq narxda chiqarilganda avval joylashtirilgan kapital vositalariga egalik qiluvchi shaxslarga kompensatsiya toʻlanishini nazarda tutuvchi shartlarning mavjud emasligi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 10-2 va 10-3-pozitsiyalardagi “2024-yil 1-apreldan boshlab” degan soʻzlar “2024-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-iyunga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 10-4 va 10-5-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

104.

2025-yil 1-iyundan boshlab doimiy daromadga ega boʻlgan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan hamda qarz yuki koʻrsatkichi 50 foiz va undan past boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ajratilgan 300 million soʻm va undan kam miqdordagi kreditlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno.

Bunda:

doimiy daromadga ega boʻlgan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan hamda qarz yuki koʻrsatkichi 50 foiz va undan past boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ajratilgan 300 million soʻmdan oshadigan kreditlar yillik foiz stavkasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida tavakkalchilikka tortiladi;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar doimiy daromadga ega boʻlmagan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlmagan yoki qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan oshgan boʻlsa yoxud mazkur koʻrsatkichni aniqlash imkoni boʻlmagan boʻlsa, mazkur qarz oluvchilarga ajratilgan kreditlar ushbu ilovaning 13-2-pozitsiyasiga muvofiq tavakkalchilikka tortiladi.

75%

105.

2025-yil 1-iyundan boshlab kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan oshmagan, biroq eng koʻpi bilan 15 mlrd. soʻmgacha kreditlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno.

Bunda, kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan yoki 15 mlrd. soʻmdan oshgan kreditlar yillik foiz stavkasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida tavakkalchilikka tortiladi.

75%

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son)