17.04.2025 yildagi 233-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 — 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-394-son qarori ijrosini taʼminlash, Xorazm viloyatiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yangi qurilgan mehmonxonalarga bir martalik davlat budjetidan subsidiya ajratish orqali turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 — 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-394-son qarorining 2 va 3-bandlariga muvofiq Xorazm viloyatida investorlar tomonidan foydalanishga topshirilgan mehmonxonalarning har bir xonasi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan quyidagi miqdorlarda bir martalik subsidiya ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 10 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya ajratiladigan investorlarga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun ariza berish tartibi hamda taqdim etiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya ajratishni rad etish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya sifatida ajratiladigan mablagʻlarni investorlarga oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-apreldagi 233-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Xorazm viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 — 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-394-son qarorida belgilangan muddatlarda investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — mehmonxona qurish va uni jihozlash maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga oʻz mablagʻlari, qarz yoki jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qiluvchi investitsiya faoliyati subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — investorlarga mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan bir marta ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilgan mehmonxona — tasdiqlangan loyiha asosida kapital bino va inshoot sifatida qurilgan yoki oxirgi oʻn yilda mehmonxona fondida mavjud boʻlmagan holda qayta qurilgan yoxud qurilish jarayonida oʻzgartirilgan loyiha boʻyicha joylashtirish vositasi sifatida yangi qurilib ishga tushirilgan koʻchmas mulk obyekti, rekonstruksiya qilingan mehmonxona bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 — 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-394-son qarorida belgilan muddatlarda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 10 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mehmonxona kamida ikki qavatdan iborat boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qaroriga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investor subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi boʻlmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilgan mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatning (yerni ijaraga olish hujjatlari onlayn-auksion savdolari orqali taqdim qilingan boʻlsa) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza taqdim etish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Subsidiya Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investor yoki uning vakili (ariza beruvchi) subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza ariza beruvchi tomonidan identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza YIDXP orqali toʻldirilganda, ariza beruvchining elektron raqamli imzosi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investorga tegishli koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar Qoʻmita tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olib oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida uning Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Arizani koʻrib chiqishda qoʻshimcha, shu jumladan, joyiga chiqqan holda oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, Qoʻmita ariza beruvchini yozma shaklda yoki elektron axborot tizimi orqali xabardor qilgan holda, arizani koʻrib chiqish muddatini oʻn ish kunigacha uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqib, bir ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslari aniq koʻrsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunida Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona nomi, yulduz toifasi (mavjud boʻlsa) va xonalar fondi, joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan investor (yuridik shaxs) nomi va STIR hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subsidiya berish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi Nizomning 3 va 5-bandlarida koʻrsatilgan talablarga javob bermasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona Xorazm viloyati hududidan tashqarida joylashganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab koʻpi bilan ikki oy davomida qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Subsidiya 2025-2026-yillarda Davlat budjeti parametrlarida ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Subsidiya ajratish uchun Qoʻmita Iqtisodiyot va moliya vazirligiga investorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning hisob-kitobi koʻrsatilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomani uch ish kunida koʻrib chiqadi hamda mablagʻlar Qoʻmitaning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga ajratilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng besh ish kunida Qoʻmita ularni investorning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yil yakunida Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari tegishli moliya yili yakuniga qadar Davlat budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Subsidiya berish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratilgan investorlar roʻyxati Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar miqdori va qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar fondi toʻgʻrisidagi maʼlumot har oy yakuni boʻyicha yangilab boriladi hamda oylar va investorlar kesimida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Investor subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoʻmita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning investorga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi, toifali mehmonxona boʻlgan taqdirda, kamida besh yil ushbu toifani saqlab qolishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi hamda subsidiyadan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring yuritadi. Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda, Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi hamda subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarning belgilangan tartibda investordan Davlat budjetiga qaytarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona toifasi pasaygan taqdirda, investor ajratilgan subsidiyadan pasaygan toifa uchun belgilangan miqdor oʻrtasidagi farqni Davlat budjetiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Investorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Davlat budjetidan subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Investor

Turizm qoʻmitasiga subsidiya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Turizm qoʻmitasi

1. Arizani oʻrganib chiqadi.

10 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — 20 ish kunida

2. Subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

1 ish kunida

3-bosqich

Investor

Subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (maʼlumotlarni) ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran YIDXP orqali murojaat qiladi.

2 oydan koʻp boʻlmagan muddatda

4-bosqich

Turizm qoʻmitasi

1. Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.

5 ish kunida

2. Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma yuboradi.

1 ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Buyurtmanomani koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻlarni Turizm qoʻmitasining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

3 ish kunida

6-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Investorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

5 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi

Turizm qoʻmitasiga

Subsidiya olish toʻgʻrisida

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)

_________________________________________________________________________________________

(manzil, telefon, elektron pochta)

______________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

_________________________________________________________________________________________

(roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)

______________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratishingizni soʻrayman.

Mehmonxona xonalarining soni: ____________________________________________________________

Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami: _____________________________________________

Yuridik shaxsning joylashgan pochta manzili: _________________________________________________

STIR: ___________________________________________________________________________________

Elektron pochta manzili: ___________________________________________________________________

Bank hisobvaragʻi: _________________________________________________________________________

Ilova: _____ varaqda

________________________________________________________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.) ___________ (imzo)

20___ yil ____________

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2025-y., 09/25/233/0361-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)