18.03.2025 yildagi SQ-101-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning 2024-yilda bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi maʼruzasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Bola huquqlari boʻyicha vakilning (bundan buyon matnda — Bolalar ombudsmani) 2024-yilda bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi maʼruzasini koʻrib chiqib, bir qator ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini monitoring qilish asosida aniqlangan bola huquqlarining buzilishi holati yuzasidan 3 ta taqdimnoma, 8 ta ogohlantirish, 12 ta xulosa hamda 6 ta sud hujjati ustidan protest keltirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari va bolaga qarshi jinoyatlarga oid sud xabarnomalari asosida Bolalar ombudsmani va uning kotibiyati xodimlari sudlarning 46 ta fuqarolik, jinoyat va maʼmuriy ishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik holatlari yuzasidan 14 ta jinoyat ishi hamda 18 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 4 nafar bolaga va 4 nafar onaga himoya orderi rasmiylashtirilishida hamda 72 mln soʻm miqdoridagi aliment qarzdorligi undirilishida koʻmaklashilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari sohasiga doir qonunchilikni tahlil qilish asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, 46 ta qonunchilik hujjati loyihalariga bola huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmaniga 2024-yilda ichki ishlar organlari tomonidan bolalarga nisbatan jinoyatlar toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar yuzasidan 541 ta xabarnoma va sudlar tomonidan bolaga qarshi jinoyatlar toʻgʻrisida 78 ta hamda ular ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar haqida 49 ta xabarnoma kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xabarnomalarning barchasi nazoratga olinib, oʻz vaqtida koʻrib chiqilgan va bola huquqlari buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 73 326 nafar bola hisobga olingan. Ularning 562 nafari 128 ta oilaviy bolalar uyiga, 236 nafari Bolalar uyiga, 217 nafari Mehribonlik uyiga, 141 nafari SOS bolalar mahallalariga joylashtirilgan, 951 nafari oilaga tarbiyaga (patronat) olingan, 71 219 nafariga vasiy yoki homiy tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijdan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 119 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirgan 839 nafar shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 476-moddasiga asosan javobgarlik belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Bolalar ombudsmaniga 1 064 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, 2023-yilga nisbatan 2,4 baravarga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmanining 35 ta shaxsiy qabuli tashkil etilib, unda 160 ta murojaat koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlarning 898 tasi (84,3 foizi) toʻliq nazoratga olingan, 93 tasi (8,7 foizi) tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarning eng koʻpi ulushi Toshkent shahri (366 ta), Toshkent viloyati (139 ta) hamda Qashqadaryo viloyatiga (105 ta) toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratga olingan murojaatlarning 283 tasi ijobiy hal etilgan, 545 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni oʻrganish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga 981 ta soʻrov hamda 40 ta taklif kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi borasida muayyan ishlar olib borilganligi bilan bir qatorda, eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan kamchilik va muammolar ham borligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, hududiy davlat organlari tomonidan Bolalar ombudsmani bilan qulay va tezkor axborot almashish tizimi yetarlicha yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida koʻrib chiqilgan murojaatlarning natijalari oʻz vaqtida yuborilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Bolalar ombudsmaniga kelib tushgan murojaatlarning 263 tasida bolaga nisbatan zoʻravonlik ishlatilganligi bayon qilingan, bu jami murojaatlarning 21 foizini (2023-yilda 6 foiz) tashkil etgan. Shundan 18,6 foizi bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilish masalasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Bolalar ombudsmaniga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan kelib tushgan bolaga qarshi jinoyatlar toʻgʻrisidagi 541 ta xabarnomaning 12,3 foizi jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarga tegishli boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar natijasiga koʻra jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalar bilan ishlashda tizimli kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, tergov va sud jarayonlarida takroriy soʻroqlar, zoʻravon bilan yuzlashtirish kabi amaliyotlar tufayli bolalar qoʻshimcha ruhiy jarohat olish xavfi ostida qolmoqda. Jabrlangan bolalarga tezkor, ixtisoslashgan psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishning yagona mexanizmi haligacha joriy etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmaniga kelib tushgan murojaatlarning 25 foizi pedagog xodimlarning bolaga nisbatan zoʻravonligi yuzasidan yoʻllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar natijasida taʼlim muassasalarining 7 nafar xodimi maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 22 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi yuzasidan ota-onalar tomonidan bir qancha jamoaviy murojaatlar yoʻllanib, mazkur yangi baholash tizimi qator tashkiliy muammolarni keltirib chiqarayotgani maʼlum qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika maktablarining 88 foizida maktabga qabul qilish tartibi haligacha toʻliq raqamlashtirilmagan, natijada ota-onalar maktabga borib hujjat topshirishga majbur boʻlishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 160 570 nafar pedagogning 34,1 foizi (55 483 nafar) oliy maʼlumotli hisoblanadi. Oliy maʼlumotli pedagoglar ulushining kamligi maktabgacha taʼlim tizimidagi islohotlarni samarali tashkil etish, bolalarni maktabga tayyorlash va taʼlim sifatini oshirishga muayyan darajada salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni tijorat maqsadlarida mediakontent ishlab chiqarishga jalb qilish holatlari kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi (MJtK 477-moddasi) boʻyicha 261 ta holat qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ota-ona oʻz farzandini bolaga gʻamxoʻrlik qilishga munosib boʻlmagan shaxslar qaramogʻiga qoldirishi koʻplab noxush oqibatlarga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar aholi oʻrtasida oilaviy nizolarni hal etishda bolaning eng ustun manfaatlarini taʼminlash yetarli darajada inobatga olinmasligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasida hamda Oila kodeksining 68-moddasida bola har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama jarayonida soʻzlashga haqli ekanligi, bolaning fikrini uning yoshidan qatʼi nazar koʻrib chiqish hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilish lozimligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq bu borada sud ishlarida chiqarilgan qarorlar (2023-yil) tahlil etilganda bolaning taʼlim-tarbiyasi va ota-onalik huquqlarini amalga oshirish boʻyicha nizolarga oid sud ishlarining 7,7 foizidagina bolaning fikri inobatga olingani maʼlum boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yilda erta nikoh holatlari 256 tani tashkil qilib, bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan qariyb 7 baravarga koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment boʻyicha qarzdorlarning 174 413 nafari (53 foizi) ish joyi yoki doimiy daromad manbaiga ega emasligi, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli boshqa hududlarga chiqib ketishi undiruv samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, aliment pullarini oʻz vaqtida toʻlamagan 2 407 nafar shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning jamoaviy murojaati orqali 4 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar “Qizamiq” kasalligining asorati tufayli “Panensefalit” kasalligiga chalinganlik holati oʻrganilganda ushbu ogʻir kasallikka chalingan bolalar soni respublika boʻyicha 160 nafardan oshganligi, dori vositalari, malakali shifokorlar yetishmasligi, davolash uchun klinik bayonnoma ishlab chiqilmaganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 1 073 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan. Bolalar ombudsmaniga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan kelib tushgan xabarnomalarning 109 tasi (38 foizi) mazkur masalaga oid boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikadagi maktablarning 25 foizi avtoyoʻllarga yaqin hududlarda joylashgani va yetarlicha yoʻl belgilarining oʻrnatilmagani sababli ular atrofida bolalar bilan yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlish ehtimolini keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda turli tadbirlar munosabati bilan bolalarni sovuq ob-havoda yengil bayramona kiyimlarda jalb qilish holatlari aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Bolalar ombudsmanining bolalarni zararli axborotdan himoya qilish yuzasidan koʻrilayotgan choralar yuzasidan yoʻllagan murojaatiga Surxondaryo, Qashqadaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlaridan tashqari boshqa hududlar mutasaddilari tomonidan maʼlumot taqdim etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani faoliyatida ijrosi ortda qolayotgan vazifalar borligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Bolalar ombudsmanining hududlardagi mintaqaviy vakillari haligacha tayinlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning oqibatida mintaqaviy vakillar tomonidan hududlarda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga maʼruzalar kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ayrim jihatlariga eʼtiborni kuchaytirish zarur boʻlganda Oliy Majlis palatalariga hamda bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi holati toʻgʻrisida Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga maxsus maʼruzalar kiritish belgilangan boʻlsa-da, Bolalar ombudsmani bu imkoniyatdan foydalanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning 2024-yilda bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Bolalar ombudsmanining hududlardagi mintaqaviy vakillarini tayinlasin va hududlarda samarali faoliyat olib borishi uchun ularni metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy vakillar tomonidan hududlarda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga maʼruzalar kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oliy Majlis Senatining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi bilan birgalikda mintaqaviy vakillar uchun maʼruzalar tayyorlashga doir tavsiyalar ishlab chiqsin va mintaqaviy vakillarga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis palatalari hamda Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga maxsus maʼruzalar kiritib borish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar eng koʻp kelib tushgan hududlar hamda davlat organlari kesimida muammoli holatni bevosita joyiga chiqqan holda tanqidiy muhokama qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi ustidan parlament nazorati olib borilishini hamda taʼsirchan choralar koʻrilishini yanada kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani bilan qulay va tezkor axborot almashish tizimini yetarlicha yoʻlga qoʻymagan hududiy davlat organlari masʼuliyatini oshirish yuzasidan Oliy Majlis palatalariga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani tomonidan amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish uchun ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravishda maʼlumot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi doimiy ravishda bolaning taʼlim-tarbiyasi va ota-onalik huquqlarini amalga oshirish boʻyicha nizolarga oid sud ishlarida qonunchilikka muvofiq bolaning fikri inobatga olinishini hamda uning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilinishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda ish joyi yoki doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli boshqa hududlarga chiqib ketgan fuqarolardan aliment undirish tartibini qayta koʻrib chiqish va aliment qarzdorligini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ota-ona xorijga ketayotganida bolaga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini koʻrishi tartibini qayta koʻrib chiqsin va uni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylikka olingan yoki vasiy yoxud homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar, muqobil tarbiyaga olingan bolalar va tutingan shaxslar (ota-onalar) toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oliy sud va Adliya vazirligi bilan birgalikda dastlabki tergovda va sudda jabrlanuvchi bolalarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tergovchilar hamda sudyalar ixtisoslashuvini joriy etish yuzasidan xorijiy tajribani oʻrgangan holda takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda avtoyoʻllarga yaqin hududlarda joylashgan maktablarni xatlovdan oʻtkazsin va ushbu maktablar yaqinida yoʻl belgilarini oʻrnatsin hamda oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda pedagog kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish tartibini qayta koʻrib chiqsin va bunda bolalarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikni bir yil davomida takroran sodir etgan shaxslarning maktabgacha va maktab taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishini taqiqlash boʻyicha takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimini ota-onalar murojaatlaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqsin va takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni qabul qilish jarayoni raqamlashtirilmagan umumtaʼlim maktablarini xatlovdan oʻtkazsin va ularni toʻliq raqamlashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotli pedagoglar ulushini oshirish masalasini oʻrgansin va tegishli takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tijorat maqsadlarida ishlab chiqiladigan mediakontentga bolalarni jalb qilishning oldini olish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida erta nikoh holatlari koʻp qayd etilgan mahallalar bilan alohida manzilli reja asosida ishlashni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi”ni jalb qilgan holda erta nikoh holatlarining oldini olishga qaratilgan taʼsirchan targʻibot tadbirlarini muntazam ravishda olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari Bolalar ombudsmani tomonidan monitoring natijalari yuzasidan kiritilgan axborot va takliflarni masʼul vazirlik hamda idoralar ishtirokida muhokama qilsin, zarur hollarda, qoʻmita eshituvlarini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmanining hududiy davlat organlariga bolalar masalalariga doir yuborgan soʻrovlariga oʻz vaqtida javob berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlarga bolalarni ular manfaatlariga zid ravishda jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaslik choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani mintaqaviy vakilining hududlarda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati toʻgʻrisidagi maʼruzalarini oʻz sessiyalarida eshitish va muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy vakillarga murojaatlarning joylarga chiqqan holda koʻrib chiqilishida va bu borada samaradorlikni oshirishga har tomonlama koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-101-V-son