18.03.2025 yildagi SQ-100-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzasi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) (bundan buyon matnda Ombudsman deb yuritiladi) 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzasini muhokama qilib, bir qator ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman 2024-yilda oʻz faoliyatini yangi konstitutsiyaviy qoidalar asosida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish, sohaga oid milliy qonunchilikni hamda milliy preventiv mexanizmni takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman nomiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, yuridik shaxslar va jamoat tashkilotlaridan jami 23 422 ta murojaat kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Ombudsman tomonidan parlament nazorati subyekti sifatida 5 344 ta murojaat nazoratga olinib, ularning 2 934 tasi (55 foizi) ijobiy hal etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda inson huquq va erkinliklari sohasida aniqlangan qonun buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga 182 ta taʼsir chorasi (39 ta taqdimnoma, 37 ta xulosa, 92 ta ariza va daʼvo arizasi) kiritilgan boʻlib, 2023-yilga nisbatan 7 foizga (12 ta) oshgan. Ushbu hujjatlarning 140 tasi (76,9 foizi) ijobiy hal etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan 902 ta monitoring tashrifi doirasida 10 mingdan ortiq mahkum (mahbus) bilan jamoaviy uchrashuvlar va 4 835 nafar mahkum (mahbus) bilan yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida mamlakatimizning 86 ta tuman va shaharlarida targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarida Ombudsman faoliyatiga oid 4 mingdan ortiq chiqish tashkil etilgan, 6 ta brifing oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sohada ayrim oʻz yechimini kutayotgan masalalar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2024-yilda Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar soni (23 422 ta) 2023-yilga nisbatan (18 622 ta) 4 800 taga yoki 25 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlarning 31,8 foizini ijtimoiy huquq yoʻnalishidagi murojaatlar tashkil etib, bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 82 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar huquqlarining cheklanishi, oilada ayolning tahqirlanishi, oilada tinchlikni taʼminlash va zoʻravonlikning oldini olish masalasida 294 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, oldingi yilga (133 ta) nisbatan 121 foizga koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar kesimida murojaatlar Qashqadaryo (3 274 ta), Surxondaryo (2 117 ta), Toshkent (1 785 ta) Samarqand (1 739 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (3 211 ta) hissasiga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlar soni 2023-yilga nisbatan 25 foizga (4 800 taga) oshgan boʻlsa-da, inson huquq va erkinliklari sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlari rahbarlariga 182 ta taʼsir chorasi (2023-yilda 170 ta) kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar (9 947 ta) tahlil qilinganda, 4 694 ta yoki 52,8 foizi oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi, takroriy murojaatlarning oldini olish darajasi esa 40,6 foizni (5 908 ta murojaatni) tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan murojaatlar 3 857 tani tashkil etib, bu Ombudsmanga kelib tushgan jami murojaatlarning 16,4 foizini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holat joylarda aholining mintaqaviy vakillar faoliyatidan xabardor emasligidan yoki mintaqaviy vakillar faoliyatini takomillashtirish zarurligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ayrim davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishga yuzaki yondashishi, inson huquqlari sohasidagi qonunchilikdan yetarli darajada xabardor emasligi fuqarolar huquqlarining buzilishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Ombudsmanga huquq-tartibot organlari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyati va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha kelib tushgan 1 131 ta murojaatning aksariyatida ichki ishlar (74,3 foizi) hamda prokuratura (16,4 foizi) organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik bayon etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazilganligi haqida 191 ta shikoyat kelib tushgan boʻlib (2023-yilda 186 ta), ularning 112 tasi (58,6 foiz) surishtiruv va tergov harakatlari davomida, 79 tasi (41,4 foiz) esa jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shikoyatlarning 128 tasi (67 foiz) oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, 21 tasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilgan, 16 tasi (2023-yilda 12 ta) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorlar tegishli prokurorlar tomonidan bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi shikoyatlar asosida oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasida 13 nafar xodimga intizomiy jazo qoʻllanilgan va 2 nafar xodim ishdan boʻshatilgan, shuningdek, 3 ta shikoyat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari natijasida aniqlangan salbiy holatlar bartaraf etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi vaqtincha saqlash hibsxonasining shaxslarni saqlashga moʻljallangan kameralarida tabiiy va sunʼiy yorugʻlik yetarli emasligi, havo almashtirish tizimi taʼmirtalab holatga kelib qolganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hibsxonaning kameralarida sanitariya tarmogʻi (polga oʻrnatilgan unitaz va bet-qoʻl yuvgich) oʻrnatilmagan. Hibsxonada saqlanayotgan shaxslarning sayr qilish maydonida joylashgan yuvinish joylari belgilangan sanitariya qoidalariga javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Ombudsman tomonidan Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritilgan boʻlsa-da, takroran amalga oshirilgan monitoring tashrifida mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu kabi salbiy holatlar Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Sirdaryo viloyatining Yangiyer, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanlari ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida ham aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 324-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 13-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzasi haqida”gi 465-V-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilsin, eng koʻp murojaat kelib tushgan sohani aniqlab, tegishli taʼsir choralarini qoʻllasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor qabullar oʻtkazishni muntazam yoʻlga qoʻysin hamda bunga fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona onlayn platforma orqali kelib tushadigan murojaatlar bilan ishlashni qatʼiy nazoratga olib, takroriy murojaatlarning oldini olish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardan kelib tushadigan murojaatlarda eng koʻp koʻtarilgan muammolarni tahlil qilib, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida inson huquq va erkinliklariga bagʻishlangan targʻibot tadbirlarini oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar va yoshlar oʻrtasida oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taʼsir choralari ijrosiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiynoqqa solish hollarini bartaraf etish yoki ularning oldini olish boʻyicha kiritilgan talabnoma ijrosini qatʼiy nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga maʼlumot taqdim qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy vakillar faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini koʻrsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy vakillarning aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashini taʼminlashga, aholi muammolariga tezkorlik bilan munosabat bildirilishiga hamda muammolar hududlarning oʻzida hal qilinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan doimiy hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy idoralar oʻz vakolatlari doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolar murojaatlarini qabul qilishini, ularni Qonunda belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqishini hamda asosli javob xati yuborishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha kechiktirib boʻlmas keskin choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar xodimlarining xatti-harakatlari bilan bogʻliq murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning kelib chiqish sabablarini oʻrgansin va ularni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman tomonidan Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Sirdaryo viloyatining Yangiyer, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanlari ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib, bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga hamda Ombudsmanga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ish rejalariga hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi holati boʻyicha Ombudsmanning mintaqaviy vakillarining maʼruzalarini eshitish masalasini kiritish hamda uni keng muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillarining maʼruzalarida koʻtarilgan masalalarni hal etish hamda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan hududiy idoralar rahbarlarining axborotlarini eshitish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (2-band), Bosh prokuratura (3-band) hamda Ichki ishlar vazirligi (2- va 3-band) joriy yilning 20-may kuniga qadar Oliy Majlis Senatiga mazkur Qarorning ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan axborot taqdim qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (A. Eshmuratov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-100-V-son