Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3005-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining 2018-yil 7-fevraldagi 3/2-son qarori (roʻyxat raqami 3005, 2018-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/3005/1167-son) bilan tasdiqlangan Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq I. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-aprel,
5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini (bundan buyon matnda ENHAT deb yuritiladi) joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni (bundan buyon matnda energiya resurslari deb yuritiladi) hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibini belgilaydi.”.
2. 8-banddan “va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 12-band qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tabiiy gazni hisobga olish priborlarini tanlash, joylashtirish va oʻrnatish SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari”ga muvofiq amalga oshiriladi.”.
4. 13-banddan “Byuro vakili va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 14-banddan “va Byuro vakili” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Taʼminotchining vakolatli xodimi isteʼmolchidagi energiya resurslarini hisobga oluvchi mavjud hisobga olish priborlarini yechib olishda isteʼmolchi ishtirokida hisobga olish priborini va undagi plombalarning butunligini tekshiradi va bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnomaning barcha nusxalari taʼminotchining vakolatli xodimi va isteʼmolchi tomonidan imzolanadi.
16. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, uning zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, yechish paytidagi koʻrsatkichi va boshqa zarur maʼlumotlar koʻrsatiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolchiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi taʼminotchida qoladi.”.
7. 17-banddan “Byuro vakili bilan birgalikda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8. 19-bandda:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Energiya resurslarini hisobga olish priborlari oʻrnatilgan va ulangandan soʻng taʼminotchining vakolatli xodimi va isteʼmolchi ishtirokida energiya resurslarining hisobga olish pribori oʻrnatilganligi toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuzadi.”;
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dalolatnoma taʼminotchining vakolatli xodimi va isteʼmolchi tomonidan imzolanadi, bir nusxasi isteʼmolchiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi taʼminotchida qoladi.”.
9. 20-bandning birinchi xatboshisidan “Byuro vakili” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)