1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 21-fevralda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda kapital bozorini va sugʻurta bozorini, shuningdek elektron tijorat sohasini, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga raqamli texnologiyalarning va elektron toʻlovlarning barcha sohalarga jadal ravishda joriy etilishi aholi oʻrtasida tavakkalchilikka asoslangan onlayn oʻyinlarning tarqalishiga olib keldi. Bunda Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarning huquqiy jihatdan tartibga solinmaganligi, fuqarolarning ushbu oʻyinlarga doimiy ravishda qiziqib borishi xorijiy va noqonuniy servislardan faol foydalanishga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining zimmasiga kapital bozorini, sugʻurta bozorini tartibga solish, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha vakolatlarni yuklatuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga aksiyadorlarning dividendlar toʻlanishiga doir huquqlarini mustahkamlashga, aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq berilishiga qaratilgan, aksiyadorlik jamiyatlarida veb-saytlar mavjud boʻlishining majburiyligi toʻgʻrisidagi talablarni va ular tomonidan axborotning oshkor etilishi tartibi talablarini soddalashtiruvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari ushbu Qonun bilan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazish tartibini aniqlashtiruvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun sugʻurta bozorini va kapital bozorini yanada rivojlantirishga, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini tartibga solishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi 625-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 12-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-375-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 246-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 9-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-582-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 217-modda, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 9, 965-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “valyuta birjasining” degan soʻzlar “valyuta birjasining, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatining (bundan buyon matnda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“banklar, “Milliy kliring markazi” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda Milliy kliring markazi deb yuritiladi) va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi uchun hisobvaraqlar ochadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“banklarning, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalari va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, banklarning, shuningdek nobank kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, Milliy kliring markazining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarning natijalari boʻyicha pul mablagʻlari hisob-kitoblariga oid faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 10-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10-bob. Kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“56-bob. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
983-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda ularda ishtirok etish bilan bogʻliq talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar va yuridik shaxslarning qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni, shu jumladan garov oʻyinlarini tashkil etish yoki ularda ishtirok etish bilan bogʻliq talablari sudda himoya qilinmaydi, bundan ushbu oʻyinlarda aldov, zoʻravonlik, tahdid qilish taʼsirida yoxud oʻz vakilining mazkur oʻyinlar tashkilotchisi bilan gʻarazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari va ushbu Kodeksning 984-moddasida koʻrsatilgan munosabatlardan kelib chiqadigan talablar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
984-modda. Lotereyalar, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni va bukmekerlik garovlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lotereyalarning, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarning va bukmekerlik garovlarining (bundan buyon matnda oʻyinlar deb yuritiladi) vakolatli davlat organidan litsenziya olgan tashkilotchilari hamda oʻyinlarning ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlar qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi va shartnomaga asoslanadi. Oʻyinlarning tashkilotchisi va ishtirokchisi oʻrtasidagi shartnoma chipta, kvitansiya berish orqali yoki oʻyinni tashkil etish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa usulda rasmiylashtiriladi hamda ishtirokchi chipta qiymatini toʻlagan yoki oʻyinga pul tikkan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlari bilan alohida toifadagi shaxslarning oʻyinlarda ishtirok etishi taqiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif oʻyinlarni oʻtkazish muddati hamda yutuqni aniqlash tartibi va uning miqdori haqidagi shartlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻyinlarning tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda oʻtkazishni rad etgan taqdirda, oʻyinlarning ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan oʻyinlar qoldirilganligi yoki ularning muddati koʻchirilganligi tufayli yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻyinlarni oʻtkazish shartlariga muvofiq gʻolib deb eʼtirof etiladigan shaxslarga oʻyinlarni oʻtkazish shartlarida nazarda tutilgan miqdorda, shaklda (pulda yoki naturada) va muddatda, agar ushbu shartlarda muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻyinlarning natijalari aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa muddatda oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan yutuq toʻlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻyinlarning tashkilotchisi ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, oʻyinda gʻolib boʻlgan ishtirokchi oʻyinlar tashkilotchisidan yutuqni toʻlashni, shuningdek oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan shartnoma buzilganligi tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar; 2023-yil, № 1, 1-modda; 2024-yil, № 2, 110, 111-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda jamiyat xodimlari jamiyat tomonidan joriy qilinadigan aksiyalar birlamchi ommaviy joylashtirilganda xodimlarning aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 50-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlarni toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan koʻp boʻlishi mumkin emas. Bunda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy joylashtirish yoʻli bilan joylashtirilgan taqdirda, kamida yetti yil davomida ushbu korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividendlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi aksiyalarning muayyan turlari boʻyicha dividendlarni toʻlamaslik toʻgʻrisida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻliq boʻlmagan miqdorda dividendlarni toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorda dividendlarni toʻlash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganligi va boshqa muhim axborot haqidagi xabar ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 15 kun ichida joʻnatilganligi faktini va qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani qayd qilgan holda, aksiyadorlar eʼtiboriga mobil telefonga qisqa xabarlar (SMS-xabarlar) va (yoki) elektron pochta (aksiyadorlar reyestrida mobil telefon raqami va elektron pochta manzili mavjud boʻlganda) orqali yetkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dividendlarni toʻlash Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachilari orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvaragʻiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bunda aksiyadorlik jamiyati aksiyadordan dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi arizani talab qilishga haqli emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 79-modda quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamiyat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba oʻz vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ijroiya organini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida koʻrsatma kiritishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 106-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻzi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etilishi majburiy boʻlgan barcha axborotni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasi aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat ustavining matnini Korporativ axborotning yagona portali axborot tizimidan maʼlumotlarni olish orqali, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etilishi majburiy boʻlgan boshqa axborotni fond birjasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborot eʼlon qilinganligi uchun haq olishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishi toʻgʻrisidagi axborotni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilishi shart. Bunda mazkur axborot aksiyalar (ulushlar, paylar) olingan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasining rasmiy veb-saytida va Korporativ axborotning yagona portalida axborotning oshkor qilinganligi jamiyatni qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlarining yozma soʻroviga koʻra axborot taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzi va affillangan shaxs oʻrtasida tuzilgan bitim haqidagi axborotni bitim tuzilgan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida Korporativ axborotning yagona portalida oshkor etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oshkor etilishi majburiy boʻlgan axborotni va (yoki) boshqa axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida oʻz xohishiga koʻra oshkor etishga haqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda; 2009-yil, № 4, 139-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda) 12-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yigʻim toʻlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba oʻz vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, bartaraf etilguniga qadar toʻxtatib turiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 24-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati boʻlgan kamida ikki xodimga ega yuridik shaxslargina (bundan investitsiya fondi mustasno) qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 33-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 38-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish, ularni hisobga olish va saqlash, shuningdek qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasidagi faoliyati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlari hisob-kitoblariga oid faoliyati esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Emitent qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham oshkor qilishi mumkin. Bunda emitent oshkor etilishi majburiy boʻlgan axborotni va (yoki) boshqa axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida oʻz xohishiga koʻra oshkor etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy veb-sayt mavjud boʻlishi haqidagi talab qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilmagan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar emitentning qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilgan boʻlsa, ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni majburiy ravishda oshkor etish Korporativ axborotning yagona portali axborot tizimidan olingan maʼlumotlarga asosan fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu moddada nazarda tutilgan axborot eʼlon qilinganligi uchun haq undirishga haqli emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 50-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi “qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaydi” degan soʻzlardan keyin “mazkur sohada ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshisidagi “guvohnomalari” degan soʻz “sertifikatlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining Yagona davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlarini kelishadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi va oʻn yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagi bitimlar tuzilganda sotuvchi tomonidan (bundan emitent mustasno) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga quyidagi yigʻimlar toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qimmatli qogʻozlarga doir tashkil etilgan birjadan tashqari savdolarda bitim summasining 0,3 foizi miqdoridagi yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga doir birja savdolarida bitim summasining 0,01 foizi miqdoridagi yigʻim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining ushbu moddaning oʻn oltinchi qismida koʻrsatilgan, tuzilgan bitimlar boʻyicha daromadlariga foyda soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 378-moddaning 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23) soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining soliq davri davomida qimmatli qogʻozlarning mahalliy bozorida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnaltirilgan mablagʻlarning jami summasi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yuz baravaridan oshmaydigan miqdorni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga birinchi marta oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida qaytarib olinmaydi. Bunda oy davomida shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yigirma baravaridan oshishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi pul mablagʻlaridan qimmatli qogʻozlar olish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning shartlari buzilgan taqdirda, shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga toʻlov manbaida soliq solinishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 468-moddaning uchinchi qismidagi “4, 5” raqamlari “5” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 8-modda birinchi qismining 31-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 9-modda birinchi qismining 11-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 10-modda birinchi qismining 103-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandi “j” kichik bandining izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh. Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi, tugʻilgan vaqti faktlarini aniqlash haqidagi, shuningdek jismoniy shaxsni tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrganlik uchun davlat boji undirilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
30. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
a) sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati
— BHMning 10 baravari
b) fond birjasi faoliyati va qimmatli qogʻozlarga doir birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati
— BHMning 4 baravari
v) lotereyalar tashkil etish faoliyati
— BHMning 18 500 baravari
g) bukmekerlik faoliyati
— BHMning 37 000 baravari
d) Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati
— BHMning 37 000 baravari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. “g” va “d” kichik bandlarda nazarda tutilgan davlat bojlarining miqdorlari davlat bojini toʻlash kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga koʻpaytirilgan miqdorda bir yillik miqdori hisobidan belgilangan. Davlat boji belgilangan miqdorlarda har yili toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi yillik toʻlov litsenziya olingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan kamida 30 kun oldin toʻlanadi, navbatdagi toʻlov belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v”, “g” va “d” kichik bandlarda nazarda tutilgan litsenziyalarni oʻzgartirilganlik uchun mazkur kichik bandlarda belgilangan davlat bojlarining 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v”, “g” va “d” kichik bandlarda nazarda tutilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirilganlik uchun BHMning 500 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
43. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
tovar-xom ashyo birjasi faoliyati
— BHMning 4 baravari
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 289-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 11, 1288-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 34-modda quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi anderrayterlar tomonidan qimmatli qogʻozlar shartnomada nazarda tutilganligidan yuqoriroq narxda va (yoki) koʻproq miqdorda joylashtirilgan taqdirda anderrayterlarning xizmatlari uchun shartnoma boshlangʻich summasining 10 foizidan ortiq miqdorda haq toʻlanishiga ruxsat etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 71-modda birinchi qismining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14) qoʻshimcha ishlarni va xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnoma umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi xarajatlar, bundan ushbu Qonun 34-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Qonunning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli boʻlgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“lotereyalar tashkil etish faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan” degan soʻzlar “Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oʻn uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 17-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bukmekerlik faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati.
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
33.
Birja faoliyati uchun litsenziya
Fond birjasi faoliyati va qimmatli qogʻozlarga doir birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
valyuta birjasi faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
tovar-xom ashyo birjasi faoliyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
46.
Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun litsenziya
Lotereyalar tashkil etish faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
bukmekerlik faoliyati;
Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati.
Izoh:Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilangan tartibda:
a) tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan shaxslar roʻyxatini yuritadi.
Tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga jismoniy shaxslar quyidagi muddatlarga kiritiladi:
6 oydan 5 yilgacha muddatga — tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan jismoniy shaxsning arizasi asosida;
5 yil muddatga — tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan jismoniy shaxs yaqin qarindoshlarining arizasi asosida sud qaroriga koʻra;
b) Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari tomonidan lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima soladi.
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
47.
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya
Investitsiya vositachisining faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
7.
Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati uchun litsenziya
300
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
40.
Bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
2000
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 55 va 56-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
55.
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
500
56.
Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
2000
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II boʻlimining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
40.
Sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma
100
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-730-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1062-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 5-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-bob. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga, ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdorlariga va benefitsiarlariga qoʻyiladigan talablar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“38-modda. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga, ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdorlariga va benefitsiarlariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shaxslar sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbari (bosh buxgalteri) etib tayinlanishi, shuningdek sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdori va benefitsiari boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinishiga olib kelganligi haqidagi faktlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu yuridik shaxs bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytga qadar bir yil davomida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar hamda terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdorlariga va benefitsiarlariga qoʻyiladigan talablarni amalga oshirish mexanizmi va sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushi miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda taqdim etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-792-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 9, 896-modda) 7-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 11-moddasining 2 va 3-bandlari ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1057-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)