Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasining
Qarori
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3207-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 27-noyabrdagi 2019-58-son qarori (roʻyxat raqami 3207, 2019-yil 30-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/20/3207/0001-son) bilan tasdiqlangan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-aprel,
2025-06-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 3-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-apreldagi 2025-06-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 9-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “nazorat kassa mashinasi (virtual kassa)” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidan “ashyoviy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
3. 11-banddan “ashyoviy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/3207-1/0346-son)