10.04.2025 yildagi O‘RQ-1054-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va koʻrib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 21-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 17-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida ijtimoiy hayotning barcha sohalarini tartibga solishning huquqiy asoslari tizimli ravishda takomillashtirilmoqda. Har tomonlama mukammallashtirilgan qonunlarning qabul qilinishi aholining farovonligini oshirish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash uchun asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga qonun ijodkorligi faoliyatining sifati yangi qonunlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, milliy qonunchilikka, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini taʼminlovchi tartib-taomillar va mexanizmlar samaradorligiga koʻp jihatdan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari fuqarolarning jamoatchilik muhokamalari jarayonida bildirilgan fikrlari va pozitsiyalarini oʻrganish hamda inobatga olish qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda samarali qarorlar qabul qilinishi uchun eng muhim shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qonun loyihasini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalarini, shuningdek qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va u boʻyicha oʻtkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi talabning belgilanishini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga oʻzi kiritgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taklif kiritish orqali uni chaqirib olish huquqini berishning huquqiy asosi belgilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 12, 1003-modda; 2024-yil, № 2, 10-modda, № 12, 1285-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 6 — 10-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;

7) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;

8) qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa;

9) qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan cheklist;

10) qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlmagan qonun loyihalari mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti oʻzi kiritgan qonun loyihasini qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli. Qonun loyihasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi qismlari tegishincha oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-60-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 5, 261-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 9-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega qonun loyihasini ishlab chiqishdan oldin uning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar inobatga olingan holda qonun loyihasi ishlab chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 14-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati koʻrib chiqiladi va mazkur axborot qonun loyihasining tushuntirish xatida koʻrsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonun loyihasida nazarda tutilgan havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilar qonun loyihasining oʻzida belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi qismi oʻninchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 6 — 10-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan cheklist;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi shart boʻlmagan qonun loyihalari mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 288-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 788-modda, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 10, 1076-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishdan oldin uning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar inobatga olingan holda normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran besh yil oʻtgach, masʼul davlat organlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining tashabbusiga koʻra qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganligini aniqlash uchun qonunning tartibga solish taʼsiri baholashdan oʻtkazilishi mumkin. Mazkur jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar ham jalb etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 46-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilayotganda uning asosida hamda uni ijro etish uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkaziladi va ularni ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqidagi masala koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qabul qilinayotgan qonunda nazarda tutilgan havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisidagi axborot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1054-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)