30.04.1999 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq dahlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qoʻriqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov amaliyotini oʻrganish sudlar oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha qonunlarni asosan toʻgʻri qoʻllayotganligini koʻrsatdi. Shu bilan birgalikda ularning amaliy ish faoliyatida baʼzi bir xato va kamchiliklar uchramoqda. Bir qator muammolar boʻyicha qonun talablarini tushunishda bir xillik mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mazkur toifadagi ishlar boʻyicha qonunni toʻgʻri va aniq qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yoʻqligida yoki ular bor boʻlsada, ularga bildirmasdan oʻzganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish oʻgʻrilik hisoblanadi. Bordiyu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkining olinayotganligini koʻrgan boʻlsada, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb oʻylagan boʻlsa, bunday qilmishni ham oʻgʻrilik deb tavsiflash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib qilingan harakatlar talonchilik deb, hujum qilib hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatganda yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitganda esa bosqinchilik deb tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zoʻrlik ishlatish harakatlari aybdor tomonidan oʻzganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishi tugagandan keyin qoʻlga tushishdan qutilish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, bunday harakat talonchilik yoki bosqinchilik deb qaralmaydi. Zoʻrlik ishlatishning xususiyati va kelib chiqqan oqibatlarga qarab qilmishni oʻgʻrilik deb, boshqa jinoyatlarning belgilari boʻlganda jinoyatlar majmui boʻyicha tavsiflash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor tomonidan sodir etilayotgan voqeani tushunib yetish qobiliyatiga ega boʻlmagan (masalan, yoshi juda kichiklar, ruhiy jihatdan aqli norasolar, alkogoldan yoki narkotik moddalardan kuchli mastlik darajasida boʻlgan yoki uxlab qolgan) shaxslarning mulkini oʻgʻrilash oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish deb tavsiflanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining egnida boʻlgan kiyim-kechagi, qoʻlidagi yoki bevosita yonida boʻlgan sumka, chamadon va boshqa anjomlaridan sodir etilgan yashirin talon-toroj qilish kissavurlik deb hisoblanadi va JKning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aybdor, jabrlanuvchi va boshqalarning koʻz oldida oʻzganing mulkini egallab olayotganligini va ular uning harakatlarining jinoiy xususiyatini tushunganligini anglaganda, oʻzganing mulkini oshkora talon-toroj qilish talonchilik hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qilmishni tavsiflashda quyidagilarni eʼtiborga olish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻrlik ishlatib talonchilik qilish nafaqat hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan aniq zoʻrlik ishlatilganda, balki shunday zoʻrlikni koʻllash bilan qoʻrqitganda ham, mavjud boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻrlik yoki uni qoʻllash bilan qoʻrqitish mulk ixtiyorida, tasarrufida yoki qoʻriqlovida boʻlgan shaxsga nisbatan, shuningdek, oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq egalik qilishga qarshilik qiluvchi shaxslarga nisbatan ham qarshi yoʻnaltirilgan boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayoti yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik deganda, yengil tan jarohati yetkazishni tushunish lozim. Bunday zoʻrlik jabrlanuvchiga jismoniy azob beruvchi yoki uning erkinligini cheklab qoʻyuvchi harakatlarda ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovlamachilikni bosqinchilik va talonchilikdan farqlashda tovlamachilikda zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish mulkni zoʻrlik ishlatayotgan vaqtda emas, balki kelajakda koʻlga kiritishga qaratilishiga eʼtibor berish lozim. Agar qoʻrqitish amalda ishlatilsa, qilmish JKning tovlamachilik haqidagi moddasi bilan va asoslar boʻlganda qoʻrqitish amalga oshirilayotganda sodir etilgan harakat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ham tavsiflanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzgalar mulkini talonchilik va oʻgʻrilik bilan egallagan va aybdor bu mulkdan oʻz xohishicha foydalanish yoki uni tasarruf etish imkoniyatiga ega boʻlgan vaqtdan boshlab, bosqinchilik esa jabrlanuvchining hayot va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish yoki shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib hujum boshlangan vaqtdan boshlab, tugallangan hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hayot uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish deganda uning ishlatilishi jabrlanuvchining hayoti uchun aniq boʻlgan xavfni vujudga keltiruvchi holat (masalan, jabrlanuvchini boʻgʻish, boshini suv ostida ushlab turish va h.k.) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish deganda, jabrlanuvchiga sogʻligʻining buzilishiga sabab boʻlgan tan jarohati yetkazish yoki shunday tan jarohatini yetkazish xavfini tugʻdiruvchi harakatlar (chakkaga, quyosh oʻrilmasiga urish va h.k.) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun mazmuniga koʻra bosqinchilikda zoʻrlik ham jismoniy, ham ruhiy boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jinoyat kodeksining 164-modda 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan bosqinchilik yoʻli bilan mulkka egalik qilishning belgilaridan biri qurol yoki qurol sifatida ishlatiladigan boshqa narsalarni qoʻllash hisoblanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan ashyolarni jinoyat quroli deb topishda Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qilishlari lozim.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bila turib yaroqsiz quroldan yoki yolgʻondakam quroldan (masalan, toʻpponcha yoki start toʻpponchasi maketlaridan) badanga shikast yetkazishni niyat qilmagan holda foydalanilganda, hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmaganda qurolli bosqinchilik sifatida baholash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqinchilik jarayonida aybdor tomonidan ruxsatnoma talab qilinadigan oʻq otar qurol ishlatilganda hamda qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa narsalarni (portlovchi, zaharli moddalarni va h.k.) ishlatib bosqinchilik sodir etilganda uning harakatlarini ushbu jinoyatlar majmui bilan tavsiflash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 11-son Plenum qarorining 5-bandiga muvofiq oʻzganing mulkini talon-toroj qilishdan iborat boʻlgan aybdorning harakatlariga huquqiy baho berishda uning sodir etilishi usulidan (oʻgʻrilik, talonchilik, bosqinchilik) qatʼi nazar jinoyat Jinoyat kodeksi moddasining ogʻirroq jazoni koʻzda tutuvchi qismi bilan tavsiflanishi lozim va ushbu moddaning boshqa qismlari bilan qoʻshimcha tavsiflanishi talab etilmaydi. Masalan, jinoyat JK 169-moddasi 4-qismi bilan juda koʻp miqdorda talon-toroj qilish belgisi boʻyicha kvalifikatsiya qilinganda, JK mazkur moddasining 1, 2 va 3-qismlari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya talab etilmaydi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davomli talon-toroj sodir etilgan hollarda aybdorning harakatlari talon-toroj qilingan umumiy summani hisobga olgan holda tavsiflanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxsning harakatlari davomli jinoyat xususiyatiga ega boʻlmasdan bir necha mustaqil epizodlardan misol uchun, oʻgʻrilik, talonchilik, bosqinchilik va boshqalardan iborat boʻlsa, bu harakatlar talon-toroj qilingan umumiy summadan kelib chiqqan holda tavsiflanishi mumkin emas. Bunday hollarda jinoyatni oʻzganing mulkini talon-toroj qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari dispozitsiyasiga muvofiq, jumladan takroriylik belgisi bilan tavsiflash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Gʻayriqonuniy kirish deganda oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik qilish maqsadida uy-joyga, omborxona yoki boshqa binoga kirish tushuniladi. Gʻayriqonuniy kirish nafaqat yashirin, balki ochiqdan-ochiq, toʻsiqlarni, odamlarning, shuningdek, qoʻriqlovchi xodimlarning qarshiligini yengib sodir etilishi mumkin. Aldash yoʻli bilan, shuningdek, qalbaki ruxsatnomalardan foydalanib, masalan, santexnik, aloqa boʻlimi xodimi, gaz, elektr energiya va yongʻindan nazorat qiluvchi xodimlar va boshqalar tariqasida binoda paydo boʻlishi gʻayriqonuniy kirish deb baholash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻayriqonuniy kirish birdan-bir maqsad boʻlib qolmasdan, aybdor oʻgʻrilab ketmoqchi boʻlgan boyliklar saqlanayotgan joyga kirib borishning uslubi hisoblanadi. Shu sababli uy-joydan, binodan yoki boshqa omborxonadan oʻzganing mulkini talon-toroj qilish niyati gʻayriqonuniy kirishdan oldin yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aybdor xonaga boshqa sabablar bilan kirgan boʻlib, moddiy boyliklarni yashirin yoki ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadi keyin paydo boʻlsa va bu niyatini u amalga oshirsa, qilmishda talon-torojning tushuntirilayotgan tavsiflash belgisi mavjud boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy deganda kishilarning doimiy yoki vaqtinchalik turishiga moʻljallangan (shaxsiy uy, xonadan, mehmonxonadagi, sanatoriyadagi xona, dala hovli, bogʻ hovli va boshqalar) bino, shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi dam olish uchun, mulkni saqlash uchun yoxud insonning boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun (balkonlar, oynaband ayvonlar, omborlar va boshqalar) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Omborxona deganda, tovar-moddiy boyliklarni doimiy yoki vaqtincha boʻlsada saqlash, tashish, talon-toroj qilishdan, tabiiy ofatlardan, aynishdan va yoʻq boʻlib ketishdan asrash uchun maxsus jihozlangan, moslashtirilgan alohida qurilma yoki joy tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus moslamalar (ilgaklar, qarmoqlar, magnitlar, soʻrib oluvchi rezinka ichaklar, qisqichlar va hokazo)dan foydalanib oʻzganing mulkini egallash tushuntirilayotgan uy-joy, omborxona va boshqa xonaga kirib qilingan talon-torojning tavsiflash belgisini tashkil etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan taqdirda JKning 169-moddasi 2-qismi “d” bandida javobgarlik koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv taʼminoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, JKning 169-moddasi 2-qismi “e” bandida javobgarlik koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JKning 169-moddasi 2-qismi “d” va “e” bandlari bilan kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi ushbu qilmishning tijorat maqsadlarini koʻzlab sodir etilishi hisoblanib, elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalari tijorat maqsadlarida buzilsa, qilmish JKning 1852-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlari mavjudligi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan yordamchi xoʻjaliklarga (issiqxona va shu kabilar) qonunga xilof ravishda gazni ulanishi, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanishi va boshqa foyda yoki daromad olishga qaratilgan holatlar bilan ham aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish yoʻli orqali mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirsa, aybdor shaxsning harakatlari JK 2789 va 169-moddalarining tegishli qismlari bilan jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga, tijorat maqsadlarida elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlarida talon — taroj qilish jinoyatini sodir etgan shaxsning harakatlarida JKning 169-moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan oʻgʻrilik jinoyati alomatlari aniqlansa (masalan, koʻp yoki juda koʻp miqdorda, oʻta xavfli retsidivist tomonidan va boshqa), uning qilmishi ushbu moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi tushuntirilsin.
(91-band Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlarini tergov qilishda va sudda koʻrishda ularning sodir etilishiga imkon bergan barcha sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish maqsadida protsessual qonun asosida tegishli choralar koʻrilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu toifadagi ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan qonunlarni tatbiq etishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish va bartaraf qilishlari lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1979-yil 28-sentabrdagi “Bosqinchilik va talonchilik jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 4-sonli qarori 1983-yil 12-dekabrdagi 8-sonli Plenum qarorida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son