18.07.2024 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 3-oktabrda imzolangan Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat reyestrida 2024-yil 18-iyulda 4563-KG-2024 (2)-H) tartib raqami bilan roʻyxatga olindi.]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyatining Soʻx tumani va Shohimardon, Choʻngʻara (Chon-Gara), Toshtepa (Tosh-Dobo) aholi punktlarida doimiy va vaqtincha yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kelib-ketishlarini tartibga solish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 3-oktabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimning (keyingi oʻrinlarda — “Bitim”) 4 va 13-moddalariga amal qilgan holda hamda 2023-yil 27-yanvarda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yil 3-oktabrdagi fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning 1-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Fargʻona viloyatining Soʻx tumani va Shohimardon, Choʻngʻara (Chon-Gara), Toshtepa (Tosh-Dobo) aholi punktlarida doimiy va vaqtincha yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qirgʻiziston Respublikasi hududida boʻlish muddatini hisoblamagan holda tranzit orqali Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumani hududi orqali kirishlari va chiqishlari mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-moddada koʻrsatilgan fuqarolarning yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tarafidan doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisida berilgan hujjat asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hujjatlar namunalari diplomatik kanallar orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim matnidagi “vaqtincha propiska va roʻyxatga olinish” degan soʻzlar tegishli kelishiklarda “yashash joyi boʻyicha doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnoma imzolangan kundan boshlab vaqtincha qoʻllaniladi va Bitimning 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi hamda Bitim bilan bir vaqtda oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2024-yil 18-iyulda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)