Abdullayev Ilxom Zayirovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining raisi, guruh rahbari |
Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Aslonova Emma Sergeyevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Akbarov Azizbek Abdusattarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Nurmatov Anvarjon Abdulxamidovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Berdiyeva Barno Saitnazarovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Adxamjonova Mavludaxon Xamzayevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Djumamuratov Ruslan Tanatarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 17.02.2025 yildagi 519-V-son
Кучга кириш санаси
17.02.2025
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Shveysariya Konfederatsiyasi Federal Majlisining Milliy kengashi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekiston — Shveysariya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Shveysariya Konfederatsiyasi Federal Majlisining Milliy kengashi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlaridan iborat tarkibda tashkil etilsin:
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
519-V-son