Saidov Akmal Xolmatovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi, guruh rahbari |
Abdullayeva Oydin Utamuradovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Axmedov Durbek Kudratillayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Shadiyeva Zuxra Tursunovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Shadmanov Adxam Xursanbayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Aripov Davron Raximovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Alixanov Boriy Batirovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Kompolshik Yelena Aleksandrovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Jabborov Nuriddin Muhiddinovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Siddiqov Riskul Ergashboyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 17.02.2025 yildagi 516-V-son
Кучга кириш санаси
17.02.2025
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fransiya Respublikasi Parlamentining Milliy majlisi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fransiya Respublikasi Parlamentining Milliy majlisi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlaridan iborat tarkibda tashkil etilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 3-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Fransiya Respublikasining Milliy majlisi oʻrtasidagi “Oʻzbekiston — Fransiya” doʻstlik guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 297-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 6, 371-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
4. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
516-V-son