Xodjayeva Mavludaxon Islamovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, guruh rahbari |
Inoyatov Ulugbek Ilyasovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Raximov Oybek Raimovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Ubaydullayeva Sevara Abdullayevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Temirov Anvarxon Abdulazizxonovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Tursunov Imomnazar Egamberdiyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 17.02.2025 yildagi 515-V-son
Кучга кириш санаси
17.02.2025
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tojikiston Respublikasi Majlisi Olining Majlisi namoyandagon bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekiston — Tojikiston munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tojikiston Respublikasi Majlisi Olining Majlisi namoyandagon bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlaridan iborat tarkibda tashkil etilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 3-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tojikiston Respublikasi Majlisi Olining Majlisi namoyandagon bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 304-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 6, 378-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
4. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
515-V-son