Xakimov Raxim Rasuljonovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, guruh rahbari |
Nazarov Sharofiddin Xakimovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining raisi |
Tuxtashev Sherzod Azimovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Xalbayeva Dilrabo Djoʻrabekovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Fazilov Ravshan Abdulxayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Toʻxtamurodov Behzod Toir oʻgʻli | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Aslonova Emma Sergeyevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Artiqov Dilmurod Raxmatillayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Yokubov Tuychi Abduraxmonovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 17.02.2025 yildagi 502-V-son
Кучга кириш санаси
17.02.2025
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlaridan iborat tarkibda tashkil etilsin:
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
502-V-son