Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 10-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3281-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (roʻyxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va tijorat banklari bevosita oʻzlari oʻrtasida, oʻz mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali valyutaviy svop va derivativ operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) bitimlarni tuzishning namunaviy shartlari va tavsiyalari asosida amalga oshiradilar.
Tashqi savdo operatsiyalari bilan bogʻliq xatarlarni xedjirlash maqsadida xorijiy moliya institutlari bilan 180 kundan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladigan svop va derivativlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi banklari orqali cheklovlarsiz amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-fevral,
6/1-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3281-4/0295-son)