Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 8-iyuldagi 260-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 36-modda);
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 65-18-son qaroriga 6-ilovaning 3-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 7-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 9-avgust,
189-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 9-avgustdagi 189-son qaroriga
1-ILOVA
2005-yil 9-avgustdagi 189-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (keyingi oʻrinlarda Palata deb ataladi) aʼzolari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Palataning xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
chet eldagi korxonalar — Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlarda taʼsis etilgan savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs boʻlmasdan), korxonalar, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari;
eksportchilar — tovarlarni xorijiy mamlakatlardagi oʻzlari taʼsis etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar nomiga olib chiquvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi aʼzolari boʻlgan, tovarlarni Palataning xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari nomiga olib chiquvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar.
3. Eksportchilar tomonidan tovarlarni chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqish eksportning bojxona rejimida:
konsignatsiya shartnomalari (kontraktlar)va shartnomalarning boshqa shakllari asosida — hisob-kitoblar toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etmasdan;
kontraktsiz asosda (tovarlar namunalari, chet eldagi korxonalar nomiga oʻz ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mol-mulklar) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda olib chiqilgan tovarlar hisobi bojxona organlari tomonidan yukning bojxona deklaratsiyasi asosida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlarni olib chiqishga shartnomalar (kontraktlar) eksportchilar tomonidan chet elda korxona taʼsis etgan tashkilotning yoki ushbu Nizomning 6-bandida sanab oʻtilgan boshqa tashkilotlarning tegishli maʼlumotnomasini eksportchi tomonidan taqdim etgan holda vakolatli bankda va bojxona organlarida, belgilangan tartibda hisobga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tovarlar chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilayotganda eksportchilar ilovaga muvofiq shakldagi yozma ariza bilan bojxona organlariga (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalariga va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga) murojaat qiladilar.
Eksportchilarning arizalari, belgilangan tartibda, bojxona organlari tomonidan bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida eksportchi shartnomalar (kontraktlar) asosida chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilgan tovarlar boʻyicha valyuta tushumi tushishini yoxud ushbu tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet eldan valyuta tushumi tushishini 30 bank kunidan koʻproq muddatga kechikishiga yoʻl qoʻygan eksportchiga nisbatan, belgilangan muddatlar oʻtgandan keyin soliq organlari tomonidan respublika budjeti daromadiga tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 100 foiziga teng miqdorda moliyaviy sanksiya qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet eldagi korxona nomiga olib chiqilgan hamda tashish va saqlash jarayonida yoxud eksportchiga va chet eldagi korxonaga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yaroqsiz boʻlib qolgan tovarlar yuzasidan vakolatli organning tegishli ekspertizasi dalolatnomasi va/yoki tovarlar turgan mamlakat bojxona organining bojxona nazorati ostida ularning yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi taqdim etiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar vakolatli bankda va bojxona organida shartnomani (kontraktni) hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi. Bunda eksportchiga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sugʻurtalash polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga:
Palataga aʼzo boʻlgan eksportchining oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga eksport qilinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz ishlab chiqargan mahsulot ustav jamgʻarmasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadigan korxonalar tomonidan vazirlik, idora uyushma yoki kompaniyaning, shuningdek ularning ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari va kompaniyalarining ustav jamgʻarmasidagi ulushi tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil etgan chet eldagi tegishli korxona nomiga eksport qilinganda;
“Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Markazsanoateksport”, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyalari, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yoki “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ustav jamgʻarmasida kompaniya ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda yetkazib berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Eksportchining ilgari amalga oshirilgan eksportga yetkazib berishlar boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud boʻlganda yoki sotilmagan tovar (tez buziladigan tovarlardan tashqari) tegishli muddatlarda qaytarib olib kelinmaganda bojxona organlari keyingi eksport shartnomalari (kontraktlari) boʻyicha tovarlarning chetga olib chiqilishini rad etishga haqlidir.
Konsignatsiya shartlarida keyingi eksportga yetkazib berishlar faqat ushbu qarz toʻlangandan keyin amalga oshirish mumkin. Bunda eksportchi oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni keyingi eksportga yetkazib berishlarda xizmat koʻrsatuvchi vakolatli bankning tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha eksport qilingan tovarning qiymatiga muvofiq boʻlgan valyuta tushumi tushganligi toʻgʻrisida bojxona organlariga maʼlumotnoma taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat bojxona qoʻmitasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlarni chet eldagi korxona orqali eksport qilinishi hisobini yuritish maqsadida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi hamda Davlat statistika qoʻmitasiga tegishli statistik maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan eksport operatsiyalari boʻyicha xorijiy valyutadagi tushumlarning tushishini nazorat qilish Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan vakolatli banklar bilan birgalikda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Valyuta tushumlarining oʻz vaqtida va toʻliq tushishi yuzasidan javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq chet eldagi korxonalar rahbarlari va eksportchilar zimmasiga yuklanadi.
Eksport kontraktlari boʻyicha mahsulotlar sotishdan valyuta tushumi eksportchilarning Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklaridagi hisob raqamlariga oʻtkaziladi. Eksportchi tushgan tushumning bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ravishda sotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomga
ILOVA
ILOVA
| |
Davlat bojxona qoʻmitasi |
| |
________________________________ |
| |
(bojxona organi nomi koʻrsatiladi) |
| |
boshqarmasi boshligʻi |
| |
______________________________ga |
| |
(bojxona organi rahbari F.I.O) |
| | |
|
Ariza | |
| | |
| Sizdan __________________________________________________________ | |
|
(tovarning nomi, vazni, miqdori va boshqa zarur tavsiflari koʻrsatiladi ) | |
| ____________________________________________________________ning | |
| _________________________________________________________ bojxona | |
| rasmiylashtiruvini “eksport” bojxona rejimida xorijdagi manzili ___ | |
| ___________________________________________________________boʻlgan, | |
|
(xorijdagi korxona manzili) | |
| ___________________________________________________da tashkil etilgan, | |
|
(yuk yuboriladigan mamlakat) | |
| muassislari_______________________________________________________ | |
| ______________________________________________________hisoblangan | |
|
(Oʻzbekiston Respublikasidagi tashkilot nomi) | |
| korxona:__________________________________________________________ | |
| nomiga amalga oshirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. | |
| Olib chiqilayotgan tovarning taxminiy narxi________soʻm. | |
|
Tashkilot rahbari |
F.I.O. |
| M.Oʻ. | |
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda) 3-ilova 6-roʻyxatning oʻn uchinchi xatboshi “shuningdek tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan xorijdagi uning vakolatxonasi boshligʻi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) 4-bandining ikkinchi xat boshi “(savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shuʼba korxonalar, firma doʻkonlari, dilerlik shoxobchalari va konsignatsiya omborlari)” soʻzlaridan keyin “shuningdek — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi aʼzolari — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga 2-ilovadagi “Oʻzbekistonning chet ellardagi elchixonalaridagi vakolatxonalari” soʻzlari “chet ellardagi, shu jumladan Palataning savdo-investitsiya uylari shaklidagi vakolatxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 246-modda; 2011-y., 34-35-son, 345-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda; 2014-y., 30-son, 371-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda, 46-son, 530-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son; 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son; 14.03.2019-y., 09/19/216/2764-son, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)