12.02.2025 yildagi 463-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining qoʻshma qarori, 12.02.2025 yildagi 463-V-son
Кучга кириш санаси
12.02.2025
Hujjat 12.02.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushgan elektron jamoaviy murojaatlarni koʻrib chiqishni yanada samarali tashkil etishga doir choralar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning jamoaviy murojaat qilishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, shuningdek fuqarolarni tashvishga solayotgan mintaqaviy va respublika ahamiyatiga molik muammolarni hal etish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 2-apreldagi Qoʻshma qaroriga asosan “Mening fikrim” veb-portali tashkil etilib, fuqarolarning elektron jamoaviy murojaat qilish imkoniyati yaratilgan hamda murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga elektron jamoaviy murojaatlarni koʻrib chiqishning ochiqligini, oshkoraligini, begʻarazligi va xolisligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlaridan, Senatining aʼzolaridan va boshqa bir qator idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi komissiya tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida “Mening fikrim” veb-portaliga 6 900 dan ziyod murojaat kelib tushgan boʻlib, belgilangan talablarga javob beradigan 495 ta murojaat ishchi komissiyaning qarori asosida “Mening fikrim” veb-portaliga ovoz toʻplash uchun joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining “Mening fikrim” veb-portaliga kelib tushadigan elektron jamoaviy murojaatlar bilan ishlash borasidagi vazifalarini belgilash, shuningdek yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senatining aʼzolari orasidan ishchi komissiya tarkibini shakllantirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushgan elektron jamoaviy murojaatlarni koʻrib chiqishni yanada samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Mening fikrim” veb-portaliga elektron jamoaviy murojaatni joylashtirish toʻgʻrisidagi yoki joylashtirishni rad etish haqidagi masalani dastlabki tarzda koʻrib chiqish boʻyicha ishchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari muddatiga tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening fikrim” veb-portali joriy etilishini va uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlanishini hamda xavfsizligini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutiga “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning normalari amalda ishlashi hamda samaradorligi ustidan doimiy va har tomonlama monitoring oʻtkazilishida hamda uning tahlil qilinishida muntazam tashkiliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ushbu Qoʻshma qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh,

2025-yil 12-fevral,

463-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-65-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 12-fevraldagi 463-V/KQ-65-V-sonli qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom vakolatli davlat organlariga “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom koʻrib chiqilish tartibi fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilik hujjatlarida, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan elektron jamoaviy murojaatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi komissiya — “Mening fikrim” veb-portaliga elektron jamoaviy murojaatni joylashtirish toʻgʻrisidagi yoki joylashtirishni rad etish haqidagi masalani dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organlari va moderator vakillaridan jamoatchilik asosida tuzilgan organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening fikrim” veb-portali — fuqarolarning vakolatli davlat organlariga elektron jamoaviy murojaat berish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlari roʻyobga chiqarilishini taʼminlovchi maxsus veb-portal;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moderator — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron jamoaviy murojaat (murojaat) — vakolatli davlat organlariga “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron shaklda berilgan murojaat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron jamoaviy murojaat tashabbuskori (bundan buyon matnda murojaat tashabbuskori deb yuritiladi) — vakolatli davlat organiga “Mening fikrim” veb-portali orqali murojaat qilgan, elektron jamoaviy murojaat berilgan kunda oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektron jamoaviy murojaatni koʻrib chiqishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron jamoaviy murojaatlarga tezkor munosabat bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegiallik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq bilan muloqot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffoflik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomga muvofiq zarur miqdordagi ovozlarni toʻplagan elektron jamoaviy murojaatlar ularning miqdoridan qatʼi nazar teng ahamiyatga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaatning mazmunida uning mohiyati va amalga oshirilish mexanizmi bayon etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat tashabbuskori uning qaysi vakolatli davlat organiga yoʻllanganligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat davlat tilida va boshqa tillarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaatda murojaat tashabbuskorining shaxsiga oid maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, elektron pochta manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami) koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat tashabbuskorining shaxsiga oid maʼlumotlar moderator tomonidan faqat xizmat maqsadida foydalaniladi va ular murojaat tashabbuskorining roziligisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shaxsga oid maʼlumotlarning ishonchliligi uchun murojaatning tashabbuskori javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi masalalar murojaatning predmeti boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya va afv etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning maʼnaviy qadriyatlariga putur yetkazadigan, fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini poymol qiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush, zoʻravonlik, shafqatsizlikni targʻib qilish, millatlararo, irqiy, diniy adovatni, ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik harakatlarini sodir etishga, qonunga muvofiq jinoiy va oʻzga javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishga daʼvat qilish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini, shuningdek prekursorlarni targʻib qilish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pornografik tusdagi axborotni targʻib qilish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama tusidagi maʼlumotlarni ilgari suradigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlashga doir favqulodda hamda shoshilinch chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishini oʻzgartirish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organining vakolatlariga kirmaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruv va tergovni amalga oshiruvchi organlarning, sudlarning vakolatlariga kiradigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslarni tayinlash (saylash) va ozod qilish bilan bogʻliq boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy ehtiyojdan yoki shikoyatdan iborat boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuhmatdan yoki boʻhtondan iborat boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazmuni va maʼnosiga koʻra veb-portalga kelib tushgan, joylashtirilgan murojaatlarga oʻxshash boʻlgan yoxud qabul qilingan paytidan eʼtiboran bir yillik muddat oʻtmagan, vakolatli davlat organining qarori qabul qilib boʻlingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organiga nisbatan aniq talablarni nazarda tutmaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarini tuzish, tugatish va qayta tashkil etish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakliga, mazmuniga va maʼnosiga koʻra qonun hujjatlari bilan tartibga solingan qoidalarga oʻxshash boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilgan murojaatlardan jamoatchilik fikrini oʻrganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fuqarolarning murojaat qilish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqarolarning “Mening fikrim” veb-portali orqali vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Murojaat qilish huquqi ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilish yoki unga qarshi chiqish harakatlarida ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Murojaat qilish huquqining amalga oshirilishi boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlariga zid kelmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Murojaat qilish huquqidan foydalanishda fuqarolarning jinsiga, irqiga, millatiga, tiliga, diniga, eʼtiqodiga, ijtimoiy kelib chiqishiga, ijtimoiy mavqeyiga qarab kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli davlat organlari murojaatlar koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi, ularni toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun choralar koʻrishi, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishini, qonuniy manfaatlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Murojaat qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi shart, bundan ushbu Nizomning 2, 6 va 11-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom 8-bandining talablariga rioya etmaganlik ham murojaatni “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirishni rad etishga sabab boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Murojaat koʻrib chiqilayotganda murojaat tashabbuskorining roziligisiz uning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlar oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat tashabbuskori toʻgʻrisidagi, murojaatga taalluqli boʻlmagan maʼlumotlarni aniqlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Murojaat tashabbuskorini, uning oila aʼzolarini murojaat berilishi munosabati bilan taʼqib etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Murojaatni berish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatli davlat organiga murojaat berish uchun fuqaro id.gov.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi va murojaatni “Mening fikrim” veb-portalida shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Mening fikrim” veb-portali murojaatni kamida besh nafar kishidan iborat guruh qoʻllab-quvvatlashi uchun ovoz yigʻish maqsadida maxsus havolani murojaat tashabbuskoriga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllab-quvvatlovchi zarur miqdordagi ovozlar soni yigʻilgan taqdirda, murojaat ushbu Nizomning 2, 6, 8 va 11-bandlarida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida moderator tomonidan ekspertiza oʻtkazish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Moderator oʻn besh kun ichida murojaatni ekspertizadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi komissiya moderatorning ekspertizasidan keyin murojaatni “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirish toʻgʻrisida yoki joylashtirishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Ishchi komissiya oʻz ishiga ilm-fanning turli sohalaridagi mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Moderator murojaatning maʼnosi bir xil tushunilishini taʼminlash maqsadida grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalaridan kelib chiqqan holda, murojaatni turlicha talqin etish imkonini istisno etadigan tarzda uning matnini tahrir qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat tashabbuskori murojaat “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilgunga qadar uning matnini tahrir qilish natijalari haqida moderator tomonidan xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Murojaat Ishchi komissiyaning ijobiy qarori asosida moderator tomonidan “Mening fikrim” veb-portaliga bir ish kuni ichida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Murojaatni “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirish rad etilganda murojaat tashabbuskoriga rad etish sabablari tushuntirilgan tegishli bildirish bir ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moderator oʻz faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida joylashtirilishi rad etilgan murojaatlarni “Mening fikrim” veb-portaliga rad etish sabablarini tushuntirgan holda joylashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Murojaat “Mening fikrim” veb-portalida joylashtirilgan sana murojaat boʻyicha umumiy ovoz berish boshlangan sana deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Umumiy ovoz berish murojaatning matni “Mening fikrim” veb-portalida joylashtirilgan kundan boshlab toʻqson kun ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat boʻyicha umumiy ovoz berish qoʻllab-quvvatlovchi zarur miqdordagi ovozlar soni toʻplanganidan keyin tugallangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Murojaat boʻyicha umumiy ovoz berish “bir odam — bir ovoz” prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomiga yoʻllangan murojaat kamida oʻn mingta qoʻllab-quvvatlovchi ovozni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari nomiga yoʻllangan murojaat kamida besh mingta qoʻllab-quvvatlovchi ovozni, xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlari nomiga yoʻllangan murojaat kamida mingta qoʻllab-quvvatlovchi ovozni toʻplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoʻllab-quvvatlovchi zarur miqdordagi ovozlar sonini toʻplay olmagan murojaat ovoz berishni oʻtkazish muddatlari oʻtgach, qoʻllab-quvvatlanmagan deb hisoblanadi va “Mening fikrim” veb-portalining arxiviga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qoʻllab-quvvatlovchi zarur miqdordagi ovozlar sonini toʻplagan murojaat moderator tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmay vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Murojaatni koʻrib chiqish va u boʻyicha qaror qabul qilish tartibi vakolatli davlat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Vakolatli davlat organining murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha majlisiga murojaat tashabbuskori taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoʻllab-quvvatlovchi zarur miqdordagi ovoz toʻplagan murojaatni koʻrib chiqish va u boʻyicha qaror qabul qilish muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vakolatli davlat organi tomonidan murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror moderator tomonidan “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Murojaatni berish va koʻrib chiqish chogʻida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizom normalarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 12-fevraldagi 463-V/KQ-65-V-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening fikrim” veb-portaliga elektron jamoaviy murojaatni joylashtirish toʻgʻrisidagi yoki joylashtirishni rad etish haqidagi masalani dastlabki tarzda koʻrib chiqish boʻyicha ishchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Abdullayev Ilxom Zayirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining raisi, ishchi komissiya raisi

Qozixonova Orzigul Muydinovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining raisi

Marufova Gulnora Maxmudovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

Xolmaxamatova Shaxnoza Baxtiyor qizi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Inoyatova Noiba Tolipovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi

Pardayev Azamat Kenjaboyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Davlyatov Valisher Xakimjanovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktorining oʻrinbosari

Doniyorov Shohruh Baxtiyorovich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti boʻlimi boshligʻi (kelishuv asosida)

Kuranbayev Shodlikbek Ulugbekovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining bosh ilmiy xodimi, ishchi komissiya kotibi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 12-fevraldagi 463-V/KQ-65-V-sonli Qoʻshma qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qoʻshma qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 2-apreldagi “Fuqarolarning jamoaviy murojaat qilishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1600-III/KQ-322-III-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 257-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 2-fevraldagi “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaat qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2310-III/KQ-503-III-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 153-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 10-martda qabul qilingan “Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushgan elektron jamoaviy murojaatlarni koʻrib chiqish samaradorligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 1931-IV/KQ-318-IV-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 336-modda).