Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3235-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarining izoh qismi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“** Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish yuzasidan elektron maʼlumotlar bankini yuritish boʻyicha bazaviy idora hisoblanganligi sababli, mazkur haq miqdorlarining 18-bandida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorlarining 50 foizi adliya organlarining budjetdan tashqari davlat boji yigʻiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi, shuningdek kelgusida idoraviy notarial arxivlarni moliyalashtirish, adliya organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, adliya organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni saqlab turish xarajatlari uchun sarflanadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-mart,
6-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2025-y., 10/25/3235-6/0280-son)